Markaziy bank Boşqaruvining qarori (2017 yil 6 sentabr) bilan Lombardlar faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisida nizomga tuzatişlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Lisenziya uçun MB boşqarmasi xulosasi zarur
Endilikda litsenziya oliş (joylaşgan joyi özgarganda litsenziyani qayta rasmiylaştiriş) uçun talabnoma beriş paytida lombardda Markaziy bank tegişli hududiy boşqarmasining quyidagilar töğrisidagi xulosasi bölişi kerak:
• lombard binoci va undagi kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamligi va qöriqlaş-yonğindan saqlaş signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi;
• axborot tizimlarining özaro işlaşi va almaşinuvini ta'minlaş maqsadida sifatli aloqa liniyasi mavjudligi;
• buxgalteriya hisobi amaliyotlarini amalga oşiriş böyiça texnik talablarga mos keluvçi dasturiy ta'minot bilan ta'minlanganligi.
Lombardga kim rahbarlik qilişi mumkin?
Aniqlaştirilişiça, lombardning ijro etuvçi organi rahbari lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlar oliy iqtisodiy ma'lumotga va bank yoki boşqa moliya sohasida yetarli iş tajribasiga ega bölişi kerak.
Şuningdek hujjatga ayrim boşqa özgartirişlar kiritildi.
Lombardning işga şayligini MB tasdiqlaydi
18:46 / 18.09.201715 6572 min











