Angliya premer-ligasida 4-tur uçraşuvlari davom ettirilmoqda. «Mançester Yunayted» «Everton»ni qabul qilib, 4:0 hisobida ğalaba qozondi.
Öyinning 4-daqiqasida Antonio Valensiya hisobni oçdi. Öyin yakunlanişi arafasida mançesterliklar ketma-ket gol ura boşlaşdi. 83-daqiqada Romelu Lukakuning pasidan keyin Genrix Mxitaryan ikkinçi golni urdi. 89-daqiqada Lukakuning özi ham gol urdi, öyinga qöşib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda esa hakam «Everton» darvozasi tomon penalti belgiladi, Antoni Marsiyal nuqtaga yaqinlaşib, aniq harakat qildi va yakuniy hisobni örnatdi - 4:0.
Bu ğalabadan keyin Joze Mourino şogirdlari turnir jadvalida oçkolar soni böyiça «Mançester Siti»ga yetib oldi. Ikki peşqadamda ham 5 turdan keyin 13tadan oçko bor. Ikki jamoa ham 16tadan gol urgan va 2ta gol ötkazgan.
Angliya çempionati
5-tur
Mançester Yunayted – Everton 4:0
Gollar: 1:0 – 4 Valensiya, 2:0 – 83 Mxitaryan, 3:0 – 89 Lukaku, 4:0 – 90+2 Marsiyal (pen)
Mançester Yunayted –– De Xea, Jons, Bayi, Valensiya, Mata (Errera, 77), Yang, Fellayni, Matiç, Mxitaryan (Marsiyal, 88), Reşford (Lingard, 61), Lukaku.
Everton – Pikford, Jagelka, Uilyams, Beyns, Kin, Devis (Sandro Ramires, 66), Şnayderlin, Sigurdsson, Guyye (Kelvert-Lyuin, 76), Martina, Runi (Miralyas, 82).
Ogohlantirişlar: Uilyams (63), Bayi (82).












