Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko 2018 yilgi mudofaa byudjyeti haqidagi farmonni imzoladi.
Şu tariqa Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining qarori kuçga kiradi. Unda 2018 yilda mamlakat xavfsizligi va mudofaasiga YaIMning kamida 5 foizi darajasida mablağ ajratilişi közda tutilgan.
Keyingi yilda Ukrainada mudofaa maqsadlari uçun 165,37 mlrd griven (6,3 mlrd dollar) mablağ ajratiş közda tutilgan. Bu esa joriy yildagi mudofaa xarajatlaridan milliard dollarga köproqdir. Joriy yilda Ukrainada mudofaa xarajatlari 136 mlrd grivenni (5,1 mlrd dollar) taşkil qilgan.
Farmonga köra, Ukraina mudofaa vazirligi 83,3 mlrd griven, Milliy gvardiya — 11 mlrd, milliy politsiya — 24,3 mlrd, çegara xizmati — 9 mlrd, favqulodda hodisalar davlat xizmati — 10,7 mlrd va Ukraina xavfsizlik xizmati 7,6 mlrd griven oladi.












