18 sentabr kuni Özbekiston Myanmadan bölgan rohingya qoçqinlariga tarqatiş uçun Bangladeş Qizil yarim oy jamiyatiga (BQYaOJ) insonparvarlik yukini topşirdi. Bu haqda “Jahon” AA xabar berdi.

BQYaOJ ma'lumotlariga köra, bu Myanmaning zöravonlik holatiga duç kelgan musulmon ozçiligini taşkil etuvçilarning birinçi navbatdagi ehtiyojlarini qondiriş uçun xorijiy mamlakatlardan kelgan insonparvarlik yordamining eng yirik partiyalaridan biriga aylandi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, Bangladeşga kelgan qoçqinlar soni 400 mingdan oşdi.

Foto: “Jahon” AA 
Foto: “Jahon” AA 
Foto: “Jahon” AA 

Insonparvarlik yukidan 14 turdan ziyod oziq-ovqat va boşqa zarur mahsulotlar, jumladan, guruç, şakar, yeryonğoq, sut kukuni, peçene, çivinga qarşi tör, ayollar, erkaklar va bolalar uçun kiyim-keçaklar (sari, lungi, futbolka), körpa-töşak, oyoq kiyimlari, asosiy dori-darmon vositalari va mineral suv bor.

Foto: “Jahon” AA 
Foto: “Jahon” AA 
Foto: “Jahon” AA 

BQYaOJ boş kotibi Mözarul Haqning ta'kidlaşiça, Özbekistondan yuborilgan insonparvarlik yuki juda kerakli pallada – myanmalik qoçqinlar soni ança köpaygan paytda keldi. Olingan yuk kamida 8000 oila yoki taxminan 50 ming qoçqinning ehtiyojlarini qondirişi mumkin.