Yuridik şaxslar va yuridik şaxs taşkil etmasdan faoliyat yurituvçi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan çet el valyutasini sotib oliş tartibi töğrisida murojaatlar kelib tuşayotganligi munosabati bilan, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma'lum qildi:
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5177-sonli Farmoniga köra 2017 yil 5 sentabrdan:
Özbekiston Respublikasining yuridik şaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovar, iş va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytariş, xizmat safari xarajatlarini tölaş va boşqa savdo xarakteriga ega bölmagan ötkazmalar) böyiça tölovlarni amalga oşiriş uçun tijorat banklarida çet el valyutasini çeklovsiz sotib olişlari mumkin;
iste'mol tovarlari importi bilan şuğullanuvçi yuridik şaxs taşkil etmasdan faoliyat körsatuvçi yakka tartibdagi tadbirkorlarga çet el valyutasini jismoniy şaxslar uçun örnatilgan tartibda, banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olişga ruxsat beriladi (bunda sotib olingan xorijiy valyuta mijozning hisob raqamiga ötkazib beriladi va mijozga xalqaro tölov kartasi taqdim etiladi).
Şu munosabat bilan, yuridik şaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar çet el valyutasini çeklanmagan miqdorda sotib olişlari va öz ixtiyorlariga köra sotib olingan mablağlarni joriy xalqaro operatsiyalar (tovar va xizmatlar importi va b.) böyiça tölovlarni amalga oşiriş uçun yönaltirişlari mumkin.
Bunda sotib olinayotgan çet el valyutasi uçun tölov yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan quyidagi mablağlar hisobidan amalga oşirilişi mumkin:
- yakka tartibdagi tadbirkorning savdo tuşumi;
- bankka topşirilgan naqd mablağlar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar sotib olingan valyuta mablağlarini quyidagi yöllar bilan çeklovlarsiz işlatişlari mumkin:
- mamlakatdan taşqarida xalqaro tölov kartalariorqali, şu jumladan bankomatlardan naqd xorijiy valyutani yeçib oliş yöli bilan;
- tasdiqlovçi hujjatlar asosida (invoys yoki tölov uçun hisob yoxud import şartnomasi va b.) tovarlar va xizmatlar importi uçun tölovni bank ötkazmasi orqali amalga oşiriş.
Tadbirkorlik sub'yektlari diqqatiga. Tijorat banklarining röyxati va “işonç telefonlari” raqamlari axborotga ilova qilingan. Xorijiy valyutani sotib oliş bilan boğliq savollar yoki muammolar vujudga kelgan hollarda körsatilgan raqamlar orqali tijorat banklariga yoki Markaziy bankka murojaat qiliş mumkin.












