Atlantika okeanida paydo bölgan navbatdagi «Mariya» dovuli kuçi böyiça 5 toifadagi töfon körsatkiçiga yetdi. Bu haqda AQŞ Milliy dovul markazi öz Twitter sahifasida ma'lum qildi. 

Xabarda aytilişiça, şamol tezligi soatiga 260 kilometrni taşkil etmoqda. 

Avval xabar berilganidek, AQŞ «Mariya» dovuliga 4 toifani bergan edi. Taxminlarga köra, dovul Karib dengizidagi orollarga tahdid solişi mumkin. Hafta örtalariga kelib, u Virjin orollari va Puerto-Rikoga yetib keladi.