«Paxta 2017» yiğim-terim mavsumi davomida paxta hosilini talon-taroj qilinişi, dalalarda hosilning payhon qilinişi, qolaversa, öğirlanişi, nest-nobud qilinişini oldini oliş maqsadida Buxoro viloyatining barça tumanlarida içki işlar idoralari xodimlaridan iborat bölgan işçi guruhlar faoliyat olib bormoqdalar.
2017 yil 8 sentabr kuni Şofirkon tumanda paxta xom aşyosining oldi-sotdisi bilan şuğullanuvçi şaxslarni aniqlaş borasida ötkazilgan tezkor tadbir davomida, Şofirkon tumani “Yangiqişloq” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi “Maqsuda Axmadovna” fermer xöjaligida iş yurituvçi lavozimida işlovçi, 1975 yilda tuğilgan S.M.N. “Maqsuda Axmadovna” fermer xöjaligiga tegişli paxta dalasidan 540 kg paxta xom aşyosini terib, Ğijduvon tumani “Sarmijon” mahalla fuqarolar yiğini “Labiröd” qişloğida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan fuqaro H.H.S. bilan har bir kg paxta xomaşyosini 3000 sömga kelişib, unga jami 540 kg paxta xomaşyosini 1.500.000 sömga baholab sotayotganligi aniqlanib, uşbu paxta xom aşyosi va pullar tegişli tartibda hujjatlaştirib olindi.
Paxta xom aşyosi Şofirkon paxta tozalaş zavodiga topşirilib, uşbu fermerga nisbatan qonunlarda belgilangan jazoning muqarrarligi ta'minlandi.
Yana bir holat. Peşku tumani Varaxşa çöl hududidagi “Hakimboy obod” fermer xöjaligi rahbari, 1984 yilda tuğilgan fuqaro H.Q.N. özining fermer xöjaligi paxta dalasidan 380 kg paxtani yaşirin ravişda terib, Ğijduvon tumanida yaşovçi F. ismli tanişiga har bir kilogramini 1800 sömdan sotayotganligi aniqlanib, unga nisbatan qonunlarda körsatilgan tegişli jazoning muqarrarligi ta'minlandi. Hujjatlaştirib olingan paxta xomaşyosi “Peşku paxta tozalaş” AJga topşirildi.
Buxoroda avgust oyi davomida fuqarolar tomonidan paxta hosilini payhon qiliş holatlari bilan boğliq bölgan 81 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Huquqbuzarlarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 104-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylaştirilib, ma'muriy işlar böyiça sudlarga taqdim qilingan.












