Hollivud aktyori Tom Kruz «Uddalab bölmas vazifa– 6» filmini suratga oliş çoğida olgan jarohatiga oydinlik kiritdi. Bu haqda People jurnali xabar bermoqda.

Kruz sözlariga köra, u töpiği singanidan söng tiklanmoqda. Artistning bayonot berişiça, hozir hammasi yaxşi. 

Kruz, şuningdek, muxlislariga yaxşi tilaklari uçun minnatdorlik bildirgan. «Men bir-ikki haftadan söng suratga tuşişni boşlayman», – deb qöşimça qilgan Kruz. 

Aktyor suratga tuşadigan filmlaridagi tryuklarni özi bajarişi bilan maşhur. Xususan, «Uddalab bölmas vazifa»dagi köplab qaltis sahna körinişlarida şaxsan qatnaşgan.