Yevropa çempionatlari özining qiziqarli va tomoşabop öyinlari bilan bizni har doim öziga rom etib kelgan. Bunday tomoşaboplikka kiritilgan çiroyli gollar ham sezilarli hissa qöşadi. Tribuna.Uz uşbu haftadan boşlab Yevropa çempionatlarida kiritilgan eng çiroyli gollar önligi bilan taniştirib boradi.

10-örin. Yangi loyihaning 10-poğonasini «Barselona» yarimhimoyaçisi Paulino oçib beradi. Kataloniya klubiga ötişi turli hazillar bilan qarşi olingan Paulino bu goli orqali nafaqat «Barselona»ga ğalaba keltirdi, balki özida bölgan bosimdan ham qaysidir ma'noda xalos böldi. Şu boisdan ham kamida muhimlik jihatidan bu gol önlikka kirişga munosib edi.

9-örin. Haftaning eng köp tilga olingan futbolçisi «Jyenoa» hujumçisi Piyetro Pellegri. XXI asrda tuğilib bitta uçraşuvda dubl qayd etgan ilk futbolçiga aylangan Pellegri nafaqat natijasi bilan, balki kiritgan goli bilan ham öziga xos «hit-parad»imizdan joy egalladi.

8-örin. Mario Balotellining Yevro-2012 yarim finalida Germaniyaga qarşi öyini uning faoliyati çöqqisi deyişadi. Ötgan haftada «Balo» Fransiyada ham xuddi öşa maşhur goliga öxşaş gol kiritib, jamoasiga ğalaba keltirdi. Ajab emas, 5 yil oldingi golini yodga olgan futbolçi, öşa davrdagi formasi esiga tuşib, yana yorqin futbol körsata olsa.

7-örin. Çerdan Şaqirining eng asosiy qurollaridan biri uzoq masofadan beradigan zarbalari bölib kelgan. Bu safar ham şveysariyalik futbolçi bu imkoniyatdan foydalandi, afsuski bu gol uning jamoasiga heç qanday naf keltirmadi.

6-örin. Ispaniya Kubogi finalida Mark Bartradan qoçib ketgani uni muxlislar uçun şu qadar manzur qildiki, Beyl muntazam jarohat olganida ham uning manziliga tanqidlar köp bölmadi. Ma'lum vaqt ötib, Beyl özining öşa maşhur yovvoyi tezligini eslab qoldi. U tezlik olganda esa «Sosedad» darajasidagi himoyaçi faqat beçora ahvolga tuşib qolişi mumkin edi.