Yevropa milliy çempionatlarining navbatdagi turlari ham tabiiyki, qiziqarli voqealarga boy böldi. Angliyada çempion masalasi deyarli hal bölgan bölsa, Italiya va Germaniyada murosasiz kuraş davom etmoqda. Ispaniyada esa klasiko arafasidagi turda «Barselona» ham, «Real» ham oçko yöqotdi.

AKADeMIYa VA 4000 ÖYIN

1937 yildan beri «Mançester Yunayted» öyinlar uçun beradigan zayavkasida kamida bir nafar klub akademiyasi tarbiyalanuvçisiga örin ajratmoqda. «Everton»ga qarşi öyin mana şu seriyada 4000-uçraşuv sifatida qayd etildi.

Bu körsatkiç ayniqsa, klub tarbiyalanuvçilariga alohida e'tibor berilayotgan uşbu mavsumda, yana zaxiradan maydonga çiqqan Meyson Grinvudning goli bilan nişonlangani ham özgaça ijobiy çizgi beradi. Uşbu öyinda Grinvuddan taşqari, Jyessi Lingard, Skot Maktomini, Markus Reşford kabi tarbiyalanuvçilar asosiy tarkibda, Pereyra va Tuanzebe zaxiradan joy olişdi.

Umuman, uşbu mavsumning özida akademiyaning 10 nafar vakili asosiy tarkibda debyut qilib ulgurişdi. Maydondagi vaqtning qariyb uçdan biri akademiya a'zolariga yozildi, 17 gol muallifi ham aynan tarbiyalanuvçilar. Bu borada «MYu» «Çelsi» bilan birga APLda peşqadam bölib turibdi. 

ITALIYaDA PeŞQADAM ÖZGARDI

«Inter»ning Florensiyadagi durangi «Yuventus»ning yana turnir jadvali boşiga çiqib olişiga imkon yaratdi. Bu endi A Seriyada oddiy holga aylandi va bizningça, mavsum oxirigaça bu ikki jamoa quvlaşmaçoq öynaşda davom etişadi. Şu örinda, «Udineze»ga qarşi Sarri nihoyat Dibala-Ronaldu-Iguain uçligiga asosiy tarkibdan joy topib bera olganini ta'kidlaş kerak. Bernardeski bu safar zaxirada qoldi va Dibala ilk daqiqalardan ikki hujumçi ortida harakat qildi. Natija yomon emas – Kriştianu Ronaldudan dubl, Iguainda golli pas, Dibala esa maydonda harakat qilganlar içida eng yaxşi baho olganlardan biri böldi.

BUNDeSLIGADA HAM...

Italiyadagi holat yuqorida aytilganidek, odatiy holga aylanib ulgurgan bölsa, «Leypsig»ning peşqadamligi qaçondir röy berişi aniq bölgan hodisa edi. Şu paytgaça jamoa soyada qolib kelgan bölsa-da, aslida körsatkiçlar böyiça Nagelsmann jamoasi Germaniyada yetakçi edi. Çempionatda eng kam mağlubiyatga (Dortmund bilan birga) uçragan ham, eng köp ğalaba qozongan (Menxengladbax bilan birga) ham, eng köp gol urib, eng kam ötkazib yuborgan ham – «Leypsig». Jamoa qatorasiga oltinçi ğalabasiga erişdi va «Borussiya» M mağlubiyatidan foydalanib, yakka peşqadamga aylandi.