Top-10: Yana jallodga aylangan Sulşer va haftaning boşqa voqealari
|19:30 / 09.12.201923 53810 min
Yevropa milliy çempionatlarining navbatdagi turlari ham tabiiyki, qiziqarli voqealarga boy böldi. Öz ekvatoriga yaqinlaşayotgan ligalarda qisman bölsa-da, favoritlar haqida xulosa çiqariş uçun yetarliça asoslar mavjud.
Mançester derbisi
Mançester derbisi qiziq. Ayniqsa sönggi yillarda. Bu jamoalar aniq bir sovrin uçun ançadan beri raqobat qilmayotgani uçun, derbilarda asosan özini raqib tomonga isbotlaş, uruşda emas, jangda ğolib böliş niyatida maydonga tuşişayotgandek.
Statistikaga qarang, sönggi 10 derbidan atigi 2tasida mezbon jamoa ğalaba qozongan. «Siti» va «Yunayted» bir martadan. Mehmonlar esa, uç martadan ğalabani ilib ketişgan. Raqib muxlislari oldidagi yutuq ayniqsa derbilarda özgaça kayf berişi şubhasiz.
Bir hafta oldin iste'fo ostonasida turgan Sulşer esa tört kunda dunyoning ikki eng sovrindor murabbiylarini mağlub etdi. Ahamiyatlisi, har ikki ğalaba ham aynan murabbiyning rejalari iş berganidan böldi. Heç kim bu öyinlarda «Yunayted» uç oçkoga haqli bölmadi, deya olmaydi ham.
«Yunayted» Top-7’ga («Lester»niyam qöşsak) qarşi bu mavsumda ötkazgan 7 öyinida (kubok bilan birga) 5 ğalabaga erişdi, 2 marta durang öynadi. Endi Sulşer jamoasini kuçsizroq raqiblarga qarşi öynaşga ham örgatişi kerak. «Siti» esa endi «Liverpul»dan 14 oçko ortda bormoqda.
«Ayaks» nihoyat töxtadi
Ötgan haftada amsterdamliklar tarkibida paydo bölgan yoş yulduz Noa Langni «reklama» qilgandik. Bu safar esa «Ayaks»ni salbiy tomondan tilga olişga majburmiz.
Ten Haag jamoasi mavsumda ilk bor mağlubiyatga uçradi va bu eng kutilmagan paytda röy berdi. 9 öyindan beri Erediviziyada oçko yöqotmay kelgan «Ayaks» öz maydonida «Villem»ga 0:2 hisobida yutqazdi. Bungaça jamoa atigi ikki marta, «PSV» va «Vitess»ga qarşi safar öyinlarida durang öynab oçko yöqotgandi, xolos.
Mavzuga oid
«Çelsi»ning mağlubiyati
Bu natijani «Everton»dagi buriliş bilan ham izohlaş mumkin. Silvani iste'foga çiqarib, vaqtinçalik Dankan Fergyuson bilan yölida davom etayotgan «Everton» qatorasiga uçta mağlubiyatdan söng, nihoyat, top öyinda ğalaba qozondi. Bu liverpulliklarning şu yilning özida «Çelsi» ustidan ikkinçi bor ğalaba qozonişidir.
Lempardning sehri esa tugab boryapti, şekilli. APLda sönggi tört öyindan uçtasida imkoniyat boy berildi. Ungaça 12 öyinda «Çelsi» atigi 1 marta mağlubiyatga uçragandi, xolos. Natijada londonliklar uçinçi örindan köra, beşinçi öringa yaqinroq joylaşib qolişdi. Dekabrda jamoani yana ikki derbi – «Arsenal» va «Tottenhem»ga qarşi öyinlar kutib turganini e'tiborga olsak, Top-4’dagi örinni saqlaş ham endi oson bölmaydi.
Son va Suaresning gollari
Kelasi yil oxirida eng çiroyli gol mualliflariga taqdim etiladigan «Puşkaş» sovriniga bir kunning içida ikki da'vogar paydo böldi.
«Malorka»ga qarşi öyinda kutilmagan tarzda, töpni tovoni bilan darvozaga yöllagan Luis Suares «Tottenhem» hujumçisi Son Xon Minni maqtab ötirgan estetlarni bir muddat çalğitdi. Koreyalik futbolçi töpni maydonning öz tomonidan egallab, yölidan çiqqan barça himoyaçilarni tezlikda aldab ötdi va darvozabonni ham doğda qoldirdi.
Londonliklar boş murabbiyi Joze Mourino buni bir paytlar «Barselona» tarkibida «Kompostela» darvozasini işğol qilgan Ronaldoning goli bilan qiyosladi. Öşa golni Joze Bobbi Robsonning yordamçisi sifatida kataloniyaliklar ştabidan turib kuzatgandi.
«Sivasspor» hazillaşmayapti
Turkiyada Istanbulning uç jamoasi jadvalning yuqori poğonalarida yurişiga örganganmiz. Sönggi beş yilda törtinçi jamoa «Istanbul Boşoqşehir» ham qöşilgandi. Ammo bu mavsumda «Sivasspor» barça uçun syurpriz natijalar qayd etmoqda.
Sivasliklar oxirgi 8 öyinni ğalaba bilan yakunlaşdi, bulardan 6 tasi Superliga öyinlaridir. Natijada, hozirda jamoa eng yaqin ta'qibçisi «Beşiktoş»dan 3 oçko özib ketgan holda turnir jadvalini boşqarib turibdi. Rizo Jyelimbay şogirdlari kelasi haftada «Fenerbaxçe»ga qarşi öyin ötkazişadi. Bu uçraşuv bilan ham jamoaning naqadar jiddiy ekani isbot topsa kerak.
Jamoa öz tarixida biror marta ham çempion bölmagan, faqat bundan ön yil oldin kumuş medallarni qölga kiritgan, xolos.
«Milan» yana ğalaba qozondi
«Milan» uşbu mavsumda ikkinçi marta qatorasiga ikki öyinni ğalaba bilan yakunlaşning uddasidan çiqdi. Stefano Pioli yangi murabbiy etib tayinlanganida, köpçilik undan yaxşi natijalarni kutmagani tabiiy, zero bu mutaxassisning «Inter» va «Latsio»dagi natijalari qoniqarli bölmagandi.
Lekin «Milan» öziga kelayotganini nafaqat mana şu ikki ğalabali uçraşuv, balki avvalgi top-öyinlar ham körsatib turgandi. Keyin Jakomo Bonaventura qaytdi. Aynan uşbu futbolçining yarim himoyadagi işonçli öyinlari «Milan» uçun ayni muddao bölmoqda. Himoyaçi Teo Ernandes ikki öyinda ikki gol muallifi bölganini ham alohida ta'kidlaş kerak. Qiziği, Teo Bolonyadagi öyinda öz darvozasini ham işğol etib qöydi.
Xoakin Sançesning navbatdagi «yoşligi»
Sançesni dunyo ilk bor 2002 yildagi mundialda tanigandi. Öşanda Ispaniya terma jamoasining yoş, tezkor öyinçisining harakatlari köpçilikka manzur bölgan, kelajakda zör futbolçi bölib yetişişini taxmin qilgandir-u, lekin heç kim oradan 17,5 yil ötib, u top ligadagi öyinda het-trikni amalga oşiradi deb xayoliga keltirmagan bölsa kerak.
Sançesning terma jamoadagi faoliyati u qadar yorqin keçmadi, biror top-klubda özini körsatişiga ham jarohatlar pand berdi. Lekin «Valensiya», «Fiorentina», «Malaga» kabi jamoalarda ham öynab, tört yil oldin yana sevimli «Betis»iga qaytgan futbolçi ayniqsa uşbu mavsumni zör ötkazyapti: 11 öyinda 6 gol va 2 assist.
Xoakin Sançes şu yil yozda 38 yoşni qarşiladi, e'tiboringiz uçun.
«Yuventus» va «Bavariya»ning mağlubiyatlari
Har ikki voqeani birgalikda olganimizning sababi, sönggi yillarda ligasida yaqqol gegemon bölgan klublar nihoyat qattiq qarşilikka duç kelişmoqda.
Nemislarning bu holati köproq özidan kelib çiqqan. 14 uçraşuvning yarmini ğalaba bilan yakunlay olmagan myunxenliklar peşqadamdan 7 oçkoga ortda qolişdi. «Yuventus» esa, aksinça, öz rejimi böyiça davom etyapti – şunçaki, endi bu yetarli emas, Konte qöl ostidagi «Inter» jiddiy öynamoqda. Agar yanvargaça mana şu kuraş saqlanib qolsa, Konte jamoasi uçun asosiy kamçilik sanalgan örinlarni transferlar bilan hal qilişga kirişadi. Turinliklar uçun oson bölmaydi.
Şu örinda ğoliblar - «Borussiya» M va «Latsio»ga ham qoyil qoliş kerak. Har ikki jamoa favoritga qarşi hisobda orqada qolgan bölsa-da, vaziyatni önglaşga va irodali ğalabaga erişişga muvaffaq bölişdi.
«Rostov»ning qaytişi
Hamyurtimiz Eldor Şomurodov töp suradigan «Rostov» nihoyat beş öyindan iborat ğalabasiz seriyasiga barham berdi va Moskvada «Spartak» ustidan yirik hisobda ğalaba qozondi. Öz vaqtida «Spartak»ning rahbari, ham murabbiyi bölgan Valeriy Karpin uçun prinsipial ahamiyatga ega bölgan uçraşuv edi bu.
Özbekiston terma jamoasi hujumçisi bu öyinda gol urmagan va golsiz seriyasini hamon davom ettirayotgan bölsa-da, jamoasining ğalabasiga munosib hissa qöşdi, dastlabki ikki gol aynan Eldorning sa'y-harakatlari natijasida amalga oşdi.
Vardini kim töxtatadi?
«Lester» Angliya çempionatida qatorasiga 8 öyinda ğalaba qozondi va işonçli tarzda 2-öringa joylaşib olgan. Barça musobaqalarni olsak, sönggi 13 öyinda 12 ğalaba, faqatgina oktabr oyi boşida «Liverpul»ga qarşi safar öyinida mağlubiyat. Rojyersning «Lester»i hatto öşa çempion «Lester»dan ham yaxşiroq öynayapti, şunçaki, öşa paytda Angliyaning top-klublari bugungi «Liverpul» kabi barqaror emasdi, xolos. Boşqa har qanday mavsumda bu natijalar bilan «Lester» işonçli tarzda peşqadamlik qilib turgan bölardi.
Özgarmagan faqat Jyeymi Vardi. 32 yoşli hujumçi qatorasiga 8 öyindan beri maydonni golsiz tark etmayapti va yana beş öyinda şu natijani davom ettirsa, yangi rekord qayd etadi. Qiziği, oldingi rekord ham aynan Vardiga tegişli. Öşa çempionlik mavsumda u qatorasiga 12 öyinda gol urib, Ruud van Nistelroyning rekordini yangilagandi.
U şuningdek Premer-Ligada gol uriş böyiça van Nistelroyga yetib oldi.
Keyingi beş öyinni «Lester» «Norviç», «Mançester Siti», «Liverpul», «Vest Hem» hamda «Nyukasl»ga qarşi ötkazadi.