Saytda yangi rukn joriy qilindi. Bundan buyon Yevropada dam oliş kunlarida bölib ötadigan tur öyinlaridan söng, e'tiborga arzirli voqealar önligini e'tiboringizga havola qilamiz. Voqealar qandaydir darajani aks etadigan tartibda berilmadi, şunçaki, 10 voqea. Marhamat, tanişing.
Italiyada peşqadam özgardi

«Yuventus» mavsumdagi uçinçi durangga rozi böldi. «Sassuolo»ga qarşi öyinda hisobda ortda borgan turinliklar Ronaldu penaltidan urgan goldan söng bir oçko egasiga aylanişdi. Bu Ronalduning mavsumdagi oltinçi goli bölib, uçtasini penaltidan urgan.
Odatiy A Seriya mavsumida 14 öyinda uç durang öynaş «Yuventus» uçun yakkapeşqadam bölib yurişi uçun yetarli bölardi, lekin bu safar Kontening «Inter»i kuraşga jiddiy kirişgan. Çempionatda qatorasiga beşinçi ğalabasiga erişgan milanliklar endi asosiy raqibidan 1 oçko oldinda bormoqda.
«Siti» yana oçko yöqotdi

Angliyadagi çempionlar kuraşida raqobatçilar örtasidagi farq yana oşdi. Aslida, «Liverpul» ham, «Lester» ham bu turda ğalaba qozonganini e'tiborga olsak, heç narsa özgarmagan bölsa-da, biz odatda «Liverpul»ni ta'qib qilayotgan jamoa sifatida «Mançester Siti» deyişga örganib qolganmiz. «Nyukasl»ga qarşi öyinda De Bryuynening sönggi daqiqalarga yaqin urgan golini sobiq «liverpulçi» Şelvi yöqqa çiqardi – 2:2.
«Liverpul» esa van Deykning egizak gollari evaziga «Brayton»ni yengdi. Niderlandiyalik himoyaçi uşbu mavsumda bir öyinda ikki marta boşi bilan gol urgan ilk futbolçi böldi. Şuningdek, u markaziy himoyaçilar içida eng köp gol urgan – 3ta.
Endi «Liverpul» eng yaqin ta'qibçisidan 8 oçko oldinda. Qiziği, odatda biz Angliyani top-klublar bilan maqtaşga örganganmiz, lekin qarang, Ispaniyada peşqadamning sakkizinçi, Germaniyada töqqizinçi örindagi jamoa bilan örtadagi farqi 8 oçkoni taşkil etmoqda.
Immobile – gol maşina

Çiro Immobilega qoyil qoliş kerak. U sentyabrning birinçi kuni Rim derbisida asosiy tarkibda harakat qilgan va maydonni golsiz tark etgandi. Şundan söng, u «Latsio» safida 13 öyinda maydonga tuşdi va bu öyinlarning hammasida kamida bitta gol muallifi böldi – jami 17 gol va 4 pas. Aslida öşa eslangan Rim derbisida ham Çiro golli uzatmani amalga oşirgandi.


















