Apple korporatsiyasining boş direktori Tim Kuk iPhone X uçun belgilangan 1000 dollarlik narxni  "oqilona" deb hisoblaydi. U ABC kanalining Good Morning America şousida şu haqida ma'lum qildi. 

"Bu siz olayotgan texnologiyalar uçun oqilona narx. Ma'lum bölişiça, aksariyat odamlar telefon uçun uzoq vaqt davomida hisoblaşib yurişar ekan. Şunday ekan, hamma ham telefonning bor narxini bittada e'lon qilavermaydi. Bundan taşqari, köpçilik avvalgi smartfonini oldindan sotadi, ba'zi sotuvçilar esa ularga çegirmalar taklif qilişadi", - deya ta'kidladi Kuk. 

Şuningdek Apple rahbari iPhone X'dagi Face ID xavfsizligiga doir savollarga javob berdi. U barça ma'lumotlar faqat qurilmaning özida saqlanişi va heç qayerga yuklanmasligini ta'kidladi. 

iPhone X 12 sentabr kuni Apple korporatsiyasining Kaliforniyadagi taqdimotida namoyiş qilindi. Smartfon deyarli butun frontal panelni egallovçi 5,8 dyuymli OLED-displeyga ega böldi. Şuningdek qurilma yangi kamera va simsiz zaryadka bilan ta'minlandi. Telefon sotuvlariga noyabr oyida start beriladi.