AQŞ prezidenti Donald Trampning BMTdagi bayonoti ikkilik standartlariga misol hisoblanadi, deb fikr bildirdi Boliviya prezidenti Evo Morales.
"Tramp özini butun dunyo egasidek his qilmoqda, suverenitet haqida gapira turib, bazalarini va harbiy aralaşuvni suqiştirmoqda. Ikkilik standartlari", deb yozgan Morales tvitterda.
"Meni Tramp kabi multimillioner sotsializmga xuruj qilayotgani ajablantirmayapti. Bizning kuraş hamişa mafkuraviy va dasturiy böladi. Tramp bir tomondan Venesuela bilan muloqot qilişga çaqirib, boşqa tomondan aralaşuv qurolini tayyorlayotgani açinarli holatdir. Davlat töntaruviga erişa olmaysiz", deb yozgan Morales Venesuelani nazarda tutib.
Tramp BMT Boş assambleyasi minbaridan sözlagan nutqida agar Venesuela öz siyosiy yönalişini özgartirmasa, AQŞ bu mamlakatning keyingi harakatlariga tayyor ekanligini aytgan. U, şuningdek, Şimoliy Koreya AQŞga tahdid qilsa, uni butkul yöq qiliş bilan tahdid qilgan.












