2018 yilda Xitoyda işlab çiqarilgan zarba beruvçi dron-vertolyot seriyali işlab çiqarila boşlanişi mumkin.

Tyantszin şahridagi China Helicopter Expo körgazmasi davomida vertolyot körinişida yaratilgan AV500W zarba beruvçi droni taqdim qilindi. Odatda zarba beruvçi dronlar samolyotlar körinişida quriladi, biroq xitoylik mutaxassislar nima uçun dronni vertolyot körinişida yaratişganiga izoh berişdi: bunday dron özida köp miqdorda qurol olib yurişi mumkin hamda uçişi va qönişi uçun maxsus tayyorlangan aerodromlarni talab qilmaydi.

Ilk zarba beruvçi vertolyot boşqariluvçi analoglariga nisbatan unça katta ölçamlarga ega emas. Uning uzunligi 7 metrni taşkil qiladi, oğirligi esa 400 kg. Bunday vertolyotlarni ikki xil: razvedka olib boruvçi va jangovar körinişda işlab çiqariş közda tutilgan.

Foto: twitter.com/卫纳夜格@Raj‏

Razvedkaçi vertolyot kameralar va radarlar majmuasi bilan jihozlangan, uzoq vaqt işlaşi mumkin. Dron bir quvvatlanişda soatiga 160 km dan köproq tezlik bilan 8 soat işlaşi mumkin. Dronning jangovar versiyasi esa 4 soatgina uçişi mumkin. Şu bilan birga u bortiga 118 kg qurol olişi mumkin.

Dron uçun standart qurollar "havo-yer" turidagi 4 ta raketa hisoblanadi. Raketalar radar böyiça nişonga yönaltirilişi mumkin va uning ta'sir qiliş doirasi 5 km ga yaqinni taşkil qiladi. Şuningdek, vertolyot pulemyot va erkin tuşuvçi bombalar bilan qurollanişi mumkin.    

Foto: twitter.com/卫纳夜格@Raj‏

Bunday dron razvedka yoki çegaradagi operatsiyalar vaqtida samarali bölişi közda tutilgan. Bunday dron maksimal past balandlikkaça tuşib, istalgan şubhali joyni sinçkovlik bilan közdan keçirişi mumkin. Xitoylik mutaxassislarning fikriça, dron jiddiy havo hujumiga qarşi mudofaa tizimiga ega bölmagan raqib texnikasiga qarşi ham samarali böladi.