Meksika prezidenti Enrike Penya Neto 19 sentabr kuni röy bergan kuçli, Rixter şkalasi böyiça 7,1 balli zilziladan keyin halokat kölamini baholaş uçun Milliy qömita yiğilişini çaqirdi.
Jabrlangan hududlarda favqulodda holat joriy etildi. Prezident farmoyişiga binoan mamlakat poytaxti Mexikoga jabrlanganlarga yordam körsatiş uçun 3 ming nafar harbiy kiritildi.
Xarobaga aylangan hududlarda qutqaruvçilar va köngillilar iş olib bormoqda.
Televisa telekanali xabar berişiça, zilziladan keyin Mexikoda metropoliten va jamoat transporti aholi uçun tekin qilib qöyildi. Poytaxt aeroporti vaqtinçalik faoliyatini töxtatgan.
3,5 mln kişi ayni vaqtda elektr ta'minotidan uzilib qolgan.
Oxirgi xabarlarga köra, Meksikada zilzila qurbonlari soni 200 nafardan ortiqni taşkil qilayotgani aytilgandi. Mexikoda önlab binolar qulab tuşgan.
Meksika Milliy seysmologik xizmat ma'lumotiga köra, zilzila epimarkazi Morelos ştatidagi Aşoçiapan şahridan 12 km masofada joylaşgan.












