Jamiyat | 09:43 / 20.09.2017
5030
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikadagi zilziladan keyin vulqonlardan biri harakatga keldi

19 sentabrda Meksikada poytaxt Mexikoni qamrab olgan kuchli zilziladan keyin Popokatepetl vulqoni otila boshladi. Bu haqda Meksika OAV xabar bermoqda.

Mexiko yaqinida joylashgan vulqon tutun ustuni otgan. U avval 22 avgustda ham harakatga kelib, 4 km ga cho‘zilgan tutun ustuni otgandi.

Meksikalik seysmologlar ayni vaqtda vulqondagi vaziyatni eng yuqori xavflilik darajalaridan biri – qizil trevoga sifatida baholashgan.

Zilziladan talofat ko‘rgan hududlarda favqulodda holat tartibi kiritildi. Mexiko ko‘chalariga 3 ming harbiy olib chiqilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid