Eronning janubi-şarqidagi Teftan vulqoni çöqqisi 2023 yil iyulidan 2024 yil mayigaça taxminan 9 santimetrga kötarildi. Geophysical Research Letters jurnalidagi yangi tadqiqotda vulqonşunoslar sun’iy yöldoş ma’lumotlari yordamida uning uyğonganini aniqlagan, kötariliş hali ham davom etyapti.
Balandligi 3940 metr bölgan vulqonning qaçon otilgani haqida ma’lumotlar yöq. 1902 yilda undan tutun çiqqani, 1993 yilda kiçik lava oqimi haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgan. Olimlar avvalroq oxirgi yirik otiliş taxminan 700 ming yil oldin sodir bölganini aytgan edi.
Vulqon faolligi turli omillar ta’sirida yuzaga kelişi mumkin: suv quvurlari tizimini buzuvçi zilzilalardan tortib, yer osti suvlari yöllarining özgarişigaça. Hatto kuçli yoğingarçilik davri ham hamma narsani silkitişi mumkin. Ammo Teftanga kelsak, buning aniq sababi yöq. Bu tadqiqotçilarni kötariliş çuqur yer ostidagi issiq suv va buğ çöntagi tufayli magmaning yuqoriga kötarilişi natijasida yuzaga kelişi mumkin degan taxminga olib bordi.
Bu yaqin orada portlaş yoki otilişi kutilmoqda degani emas. Ammo bu Teftanning köpçilik öylaganidek uyquda emasligini körsatadi.
«Bizning tadqiqotimiz şuni körsatadiki, Teftan ilgari taxmin qilinganidan köra faolroq. Bu Makran subduksion vulqon yoyining vulqon xavfini joriy baholaşni qayta körib çiqiş, ya’ni vulqonlarni kuzatiş tarmoqlarini yaratiş, geologik xavf xaritalarini yaratiş va/yoki yangilaş hamda vulqon xavfini kamaytirişga qaratilgan boşqa çora-tadbirlarni amalga oşiriş zarurligini körsatadi», deb xulosa qiladi tadqiqot mualliflari.













