Samarqandlik tadbirkor: «Viloyatdagi mutasaddilar tufayli korxonam 552 million söm zarar kördi»
|17:00 / 20.09.2017121 76716 min
Foto: Banki.ruFoto: Banki.ru
Tahririyatimizga Samarqand viloyatidan navbatdagi şikoyat arizasi kelib tuşdi. Unda viloyat hokimi örinbosari, injiniring kompaniyasi rahbari va «Qişloqqurilişbank» rahbari öz işiga panja orasidan qaragani, hukumat qarorlarini mensimasligi oqibatida tadbirkor yarim milliard sömdan ortiqroq moliyaviy zarar körganini bayon qiladi va tegişli hujjatlarni ilova qiladi.
Men, Elmuratov Xaytmurat Allamuradoviç — 1965 yilda tuğilganman, tadbirkorman, Samarqand viloyati Past Darğom tumani Islomobod qişloğida oila a'zolarim bilan istiqomat qilaman.
Takroriy arizani yozişimdan maqsad, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Samarqand viloyati hokimligi va boşqa tegişli organlarga qilgan murojaatimiz Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan örganib çiqildi va natijasi qisman bajarildi.
Özbekiston Respublikasi Hukumatining «Özbekiston Respublikasida 2014 yilda yoş oilalarni yanada qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar Dasturi»ga asosan Özbekiston Respublikasi Boş Vazirining 2014 yil 28 apreldagi «Hududlarda qöp qavatli «Kamolot» uylarini quriş masalalari töğrisida»gi 02/3-193-sonli qaroriga muvofiq, Past Darğom tumanidagi Gözalkent qörğonçasi, «Olti qahramon» mahalla fuqarolari yiğini hududida yoş oilalar uçun umumiy narxi 5.367.468.440 sömlik 4 qavatli 64 xonadondan iborat uy-joyning quriliş işlarini uzluksiz ta'minlaş maqsadida, quriliş pudratçisi «Past Darğom sifat quriliş» xususiy ixtisoslaştirilgan ta'mirlaş quriliş korxonasiga, ATB «Qişloqqurilişbank» Samarqand mintaqaviy filiali tomonidan 2014 yil 18 iyundagi 143-sonli şartnomaga asosan 2.000.000.000 sömlik, 2015 yil 11 fevraldagi 12-sonli şartnomaga asosan 1.500.000.000 sömlik hamda 2015 yil 29 apreldagi 78a-sonli şartnomaga asosan 1.000.000.000 sömlik, jami 4.443.200.000 sömlik kredit mablağlari ajratilgan. (Şartnoma nusxalari ilova qilinadi — tahririyatda uşbu şartnoma va boşqa hujjat nusxalari mavjud)
Kredit mablağlariga öz şaxsiy texnikalarimiz va korxonamizga tegişli mol-mulklar boşlanğiç garov sifatida qöyilgan.
2015 yil 30 iyun kuni Samarqand viloyati hokimligi Injiniring kompaniyasi, «Past Darğom sifat quriliş» xususiy ixtisoslaştirilgan ta'mirlaş quriliş korxonasi va ATB «Qişloqqurilişbank» Samarqand mintaqaviy filiali örtasida «2014 yil 18 avgustda tuzilgan 2-JDM-2014-sonli şartnomaga» 2-JDM-2014/1-sonli qöşimça kelişuv tuzilgan bölib, uç tomonlama kelişilib, imzolangan va muhrlangan. Mazkur şartnomaning 3.2. bandiga muvofiq, ATB «Qişloqqurilişbank» Samarqand mintaqaviy filiali jami ajratilgan kredit mablaği, ya'ni
Mavzuga oid
5.367.468.440
söm hisobidan 192.973.655 söm kredit foizi hamda 4.443.200.000 söm kredit tannarxini qaytarib qolinişi, qolgan
924.268.440
söm mablağ «Past Darğom sifat quriliş» xususiy ixtisoslaştirilgan ta'mirlaş quriliş korxonasi hisob raqamiga ötkazib berilişi belgilangan. (Kelişuv şartnomasi mavjud.)
Biroq, şartnoma şartlari qöpol ravişda buzilib, qator qonun buzilişlarga yöl qöyilgan.
Xususan, birinçidan, uç tomonlama tuzilgan qöşimça kelişuv şartnomasi talablari qöpol ravişda buzilib, tadbirkorning faoliyatiga jiddiy putur yetkazgan holda, bank va Injiniring kompaniyasi şartnomada qayd etilgan 192.973.655 sömlik kredit foizi örniga 265.700.000 söm, ya'ni 72.726.345 söm mablağ ortiqça uşlanib qolinib, şunça pul miqdori quriliş korxonasiga kam tölandi.
Mazkur holat sababi söralganda, bizlar «Kamolot» uyini öz vaqtida davlat qabul hay'atiga topşirganimiz, biroq uy egalari bölmiş iqtidorli yoşlarni topiş 2015 yil oxiriga qadar çözilib ketgani, şunga köra kredit foizlari oşib ketgani haqida javobni oldik. (Mazkur holatda ATB «Qişloqqurilişbank» Samarqand mintaqaviy filiali rahbariyati korxonamizning aybi bölmasa-da, bila turib asossiz ravişda kredit foizini ösib kelişiga yöl qöygan.)
Haqiqatan, bizlar vujudga kelgan qiyinçiliklarga qaramasdan, öz oldimizga qöyilgan vazifani töla bajarib, buning ustiga kelişilgandek uyni öz vaqtida davlat qabul hay'atiga topşirdik. Biroq, ikkinçi va uçinçi tomonlar kelişuvga binoan öziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmadi.
Bizning taşkilotimiz quriliş bilan şuğullansa, uy egalarini topiş va ularga topşiriş umuman vazifamizga kirmaydi, axir odilona fikrlansa, bu holat bizlarga kredit foizini qöşib hisoblaşga asos bölmaydi-ku?!
Iqtidorli yoşlarni topiş va tavsiyanomalarga asosan berilişiga mas'ul şaxslar belgilangan va Nizomda körsatib ötilgan. Bunga viloyat va tuman hokimliklar, «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati, viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasi hamda «Qişloqqurilişbank» Samarqand filiallari mas'ul edi. Uşbu haqida viloyat, tuman hokimliklariga hamda «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatiga yozma ravişda xatlar beraverib çarçadik. (Tegişli hujjatlar mavjud.)
Ikkinçidan, quriliş boşlanganidan keyin Samarqand viloyati hokimligi Injiniring kompaniyasiga bir neça marotaba murojaat qilişimizga qaramasdan biror marotaba ham bajarilgan işlar böyiça hisobotlar (protsentovka) qabul qilmadi.
Vaholanki, kompaniya har oyda hisobotlarni qabul qilişi va biz bu hisobotlarni bankka topşirib borişimiz kerak edi, şuningdek, oyma-oy bajargan işlarimiz va bankdan olib işlatilgan kredit mablağlarini hisobotini olib borişimiz lozim edi. Kompaniya rahbari va mutaxassislari qurilişning yakuniy qismida, ya'ni tugaşiga 15 kun qolganida kelişdi va öşanda ham hisobotlarni qabul qilmadi. Mazkur holatning sababi söralganida, ulardan «agar hisobotni olişsa pul talab qilişimiz» haqidagi javobni oldik.
Bundan taşqari, Injiniring kompaniyasi tomonidan imtiyozli narxlarda berilişi kerak bölgan metall va oyna kabi quriliş mahsulotlari umuman berilmadi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 iyuldagi 2/1313-sonli topşiriqnomasiga binoan, Samarqand viloyatining Past Darğom, Iştixon va Jomboy tumanlarida «Kamolot» uylari qurilişi uçun 3.627 tonna sement quriliş mahsuloti imtiyozli narxlarda ajratilgan. (Narxi 104.562 sömdan). Şundan 1.210 tonnasi «Past Darğom sifat quriliş» XITKKga berilişi kerak edi. Bizning korxonamizga 700 tonna sement berildi, xolos.
Afsuski, jami fond orqali viloyatda 3 tumanda kurilayotgan «Kamolot» uylari qurayotgan 3ta taşkilotga 3.627 tonna örniga 2.101 tonna sement mahsuloti berildi. Şundan, bizning korxonamizga berilişi kerak bölgan qolgan 510 tonna sement mahsuloti viloyat hokimining örinbosari O.Oçilov va Injiniring kompaniyasining taqsimotiga binoan, 2014 yilda «Kamolot» uylari qurilişida umuman qatnaşmagan taşkilotlarga özaro kelişilib, qonunga xilof ravişda bizlardan bir oy oldin birinçi navbatda berib yuborildi. («Farovon Fayz Binokor» MÇJ ga 763,0 tonna hamda «Abdimumin stroy invest» MÇJga 763,0 tonna) (tasdiqlovçi hujjatlar mavjud)
Bizning taşkilotimiz viloyat hokimining örinbosari O.Oçilov va Injiniring kompaniyasining taqsimotiga binoan 64 xonadonli uy qurilişi uçun imtiyozli narxlarda 700,0 tonna sement olgan bölsa, viloyatimizdagi «Abdimumin stroy invest» MÇJ korxonasi 2015 yilda 48 xonadonli «Kamolot» uyi kurib 1338,0 tonna imtiyozli narxlarda sement mahsuloti oldi (48 xonadonli va 64 xonadonli quriliş örtasidagi sement farqini köring). Bu viloyatda quriliş sohasi rahbarlarining adolatli iş olib bormaganliklari, taniş-biliş, oşna-oğayingarçilik qilayotganidan dalolat emas-mi?
Şundan keyin, taşkilotimiz bir tonna sementni 350 mingdan 460 ming sömgaça bozor narxida olişga majbur böldik, buning oqibatida 180 mln söm miqdorida zarar kördik, ya'ni, bizga berilmagan 510 tonna sementning har bir tonnasidan 300 ming sömdan. Vaholanki, 3ta «Kamolot» uyi qurilişi böyiça Vazirlar Mahkamasining tegişli qaror va bayonnomalari mavjud edi.
Afsuski, viloyat hokimi örinbosari O.Oçilov, Injiniring kompaniyasi va «Qizilqumsement» OAJ mutasaddi rahbarlari özaro kelişib, 1.526 tonna sementni 2014 yil fondini boşqalarga berib yuborişdi.
Haqiqatda esa bizga, smeta böyiça hamda Vazirlar Mahkamasi taqsimotiga asosan 64 xonadonli uyga 1.209 tonna sement mahsuloti imtiyozli narxlarda berilişi kerak edi. (Şikoyat ariza berganimizdan keyin, bundan 3 yil oldin berilişi kerak bölgan 390,0 tonna yana qöşimça sement berişdi, yana qolgan 120 tonnasining va'dasini eşitaverib, çarçadik).
Uçinçidan, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2015 yil 20 apreldagi 05/1-76-sonli imtiyozli ravişda berilişi kerak bölgan oyna mahsuloti böyiça xati Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil Departamenti tomonidan aprel oyida ijroga qaratilib, Samarqand viloyat hokimi örinbosari O.Oçilovga yöllangan bölsa-da, O.Oçilov ajratilişi lozim bölgan 1.033 kv.m oyna mahsuloti fondini bermasdan, 2014 yil 13 noyabr kuniga qadar özida uşlab turişdi. «Kamolot» uyini foydalanişga topşirganimizdan keyin 6 oy ötgaç, imtiyozli narxda berilişi kerakligi ta'kidlangan xatni, ya'ni 2014 yil 13 noyabrdagi xatni dekabr oyi oxirida bizning qölimizga berdi. (Iqtisodiyot vazirligi va Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil Departamentining mazkur xatlari va boşqa tegişli hujjatlar nusxalari ilova qilinadi.)
Buning oqibatida, oynani bozor narxida, ya'ni smetadagi narxdan bir neça barobar ortiqça narxda olişimizga töğri keldi va 18.000.000 söm zarar kördik. Korxonamiz rivojlanişi örniga bankrotlik holatiga tuşib qoldi.
Viloyatdagi rahbarlarning tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş borasidagi siyosati şu böldimi? Tadbirkorlarga daromad köriş uçun Hukumat belgilab bergan şaroitni taqdim etiş örniga, bankrotlikka uçratilsa?
Törtinçidan, fond orqali imtiyozli ravişda berilişi kerak bölgan metall (armatura) (smeta böyiça berilişi kerak bölgan narxi 1 mln. 400 ming sömdan) umuman berilmadi, haqiqatda esa 3-3.5 mln sömdan oldik, «Kamolot» uyi qurilişiga 162 tonna metall ketganini hisobga olsak, bozor narxida olişimiz oqibatida, har bir tonnasidan 2 mln. söm atrofida jami 300 mln. sömdan ortiq zarar kördik.
Axir Vazirlar Mahkamasining 2014 yil aprel oyida ötkazilgan yiğilişi bayonida «Kamolot» uylari qurilişi, metall (armatura) mahsuloti ajratilişi böyiça Samarqand viloyati hokimligiga tegişli topşiriqlar berilgan-ku? Uni bajarmaslikka heç kimning haqqi yöq-ku?, Axir bu keçirib bölmaydigan jinoyat-ku?! Viloyat hokimligi Hukumat rahbariyati topşiriğini bajarmasligi oqibatida biz tadbirkorlar 300,0 millionlab zarar körişimiz kerak-mi?!
Beşinçidan, 2-JDM-2014/1-sonli qöşimça kelişuv şartnomasining 3.2. bandiga binoan, bank filiali quriliş korxonamizga şartnomada körsatilgan 924.268.440 söm örniga 618.600.000 söm mablağ berildi, 305.668.440 söm mablağ «Past Darğom sifat quriliş» XITQKga kam tölandi.
Buning sababi aniqlaştirilganda, Injiniring kompaniyasi va «Qişloqqurilişbank» Samarqand mintaqaviy filiali şartnoma tuzişganda adaşişgan emiş, axir imzo va muhr qöyiş, şartnoma tuziş öyinçoq emasku, şartnoma huquqiy oqibatlarni keltirib çiqaruvçi, yuridik kuçga ega bölgan huquqiy hujjat emasmi?!
Oltinçidan, Umumiy hisobda kredit foizidan 72.726.345,0 söm, metall mahsulotidan 300 mln. söm, jami bölib 552.726.345 söm miqdorida «Past Darğom sifat quriliş» XITQK zarar kördi.
Bunga yuridik şartnomani notöğri tuzilişiga yöl qöygan ikki davlat korxonasining şartnoma şartlarini bajarilmasligi oqibati qöşib hisoblansa, 305.668.440 söm hamda bankning kredit mablağlaridan notöğri uşlab qolgani hisobiga 10.000.000,0 söm qöşilişi tabiiydir.
«Qişloqqurilişbank» Samarqand mintaqaviy filiali bizning korxona olgan kredit mablağidan 2.337.400,0 söm mikdorida noqonuniy ravişda ortiqça uşlab qolişgan. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentabrdagi 250-sonli «Mamlakatni ijtimoiy hayotida faol qatnaşayotgan yoş oilalarni uy-joy bilan ta'minlaşni yanada qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarorining 2-bandi 3-xatboşida «Kamolot» uylarini joylaştiriş uçun möljallangan obektlarni quriş va rekonstuktsiya qiliş doirasida buyurtmaçi yoki pudrat taşkilotlari Markaziy bankining qayta moliyalaştiriş foizli stavka bilan 5 yilgaça muddatga beriladigan tijorat banklari kreditlari jalb etiladi, deb körsatib ötilgan. 2015 yilda Markaziy bank qayta moliyalaştiriş stavkasi 9 foiz bölsa-da «Past Darğom sifat quriliş» XIKKga 1.500.000.000,0 sömlik kredit foizini 10 foiz qilib 1 foiz ziyodi bilan undirib qolişgan.
Mana, yuqoridagi holatlardan körinib turibdiki, birgina şartnoma şartlarini bajarilmasligi, buning uçun mas'ullar — Samarqand viloyati hokimligi, viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasi va ATB «Qişloqqurilişbank» Samarqand mintaqaviy filiali mutasaddi rahbarlarining özaro til biriktirişi, hukumat qarorlari va topşiriqlarini mensimasligi oqibatida men kabi tadbirkorga juda katta miqdorda zarar yetkazilib, vatanimiz ravnaqi yölida yelib, yugurib mehnat qilib, zarar körsa-da «Kamolot» uyini qurib bitkazib, uni topşirib, korxonani yaxşi niyatlarda daromad topişi, rivojlantiriş örniga, katta miqdorda qarzdorliklarga ega bölib, bankrotlik darajasiga yetdik.
Bunga mazkur uçala davlat taşkilotlari rahbarlarini aybdor, deb hisoblayman, bular uşbu harakatlari bilan nafaqat men kabi tadbirkorlarni, balki hukumatimiz rahbariyati işonçini ham suiiste'mol qilib kelişmoqda, deb hisoblaşga töla asosimiz mavjud. Sababi, hukumatimiz, ayniqsa Prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşga doir qator Farmon, Qaror, farmoyişlar va boşqa şunga oid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Biz tadbirkorlar bundan mamnunmiz, albatta. Tadbirkorlar viloyat mutasaddi rahbarlarining bunday ğayriqonuniy xatti-harakatlaridan keyin öz faoliyatidan soviy boşlaşi mumkin-ku?
Birgina, Özbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'yektlarini işonçli himoya qilişni yanada kuçaytirişga, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi ÖRQ-391-sonli Qonuni tadbirkorlarga najot berib, bu narsa viloyat mutasaddi rahbarlari e'tiboridan çetda qolgan bölsa?
Hurmatli, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça Vakili!
E'tibor berganingizdek, tadbirkor sifatida mening huquqlarim poymol etilib, korxonamiz manfaatlariga juda katta miqdordagi zarar yetkazilib, oqibatda korxona qarzdorlik botqoğiga botib, bankrotlik darajasiga yetdi. Sizdan mazkur şikoyat arizamni alohida nazoratga olişingizni va Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning 2017 yil 5 maydagi «Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça Vakili institutini taşkil etiş töğrisida»gi PF-5307-sonli Farmoniga binoan, vakolatingiz doirasida tadbirkor sifatida «Past Darğom sifat quriliş» xususiy ixtisoslaştirilgan ta'mirlaş quriliş korxonasining manfaatlarini himoya qiliş çoralarini körişingizni sörayman.
Zero, men kabi boşqa tadbirkorlar bunday loqaydliklardan himoyalanib, siz qöllagan çoralar öz mansabiga sovuqqonlik bilan qaragan rahbarlarga dars bölsin.
Xaytmurat Elmuratov.
Tahririyatdan: Vaziyat bilan tanişib çiqqanimizda, «Kamolot» uylari qurilişi uçun Hukumat qarori bilan ajratilgan imtiyozli narxdagi sement, metall (armatura) va oyna öz vaqtida yetkkazib berilmaganiga guvoh böldik. Ayniqsa, viloyat hokimi (endilikda sobiq) örinbosari O.Oçilov tomonidan Hukumat qarorida böyiça «Kamolot» uylari qurmayotgan va bunday narxda sement olişga haqi bölmagan taşkilotlarga ham berib yuborilib, quriliş qilayotgan taşkilotlarga katta zarar yetkazgani, boz ustiga, viloyat prokuraturasi bu holatda heç qanday jinoyat alomatlarini körmagani haqida javob xati yöllagani kişini taajjubga soladi.
Şikoyat arizasida tilga olib ötilgan taşkilotlar va şaxslar tadbirkorning uşbu arizasini puxta örganib, unga yordam qölini çözişadi, sansolarlikka yöl qöygan aybdorlar esa tegişli jazosini oladi, deb umid qilamiz. Biz bu mavzuga yana qaytamiz.