Saudiya Arabistoni hukumati WhatsApp va Skype messenjerlaridagi ovozli qönğiroqlarga nisbatan joriy qilingan taqiqlovni bekor qiladi. BBC şu haqida xabar berdi.
Aloqa vazirligida ma'lum qilinişiça, 20 sentabrdan Voice over Internet Protocol (VoIP) foydalanuvçilarga xizmat körsata boşlaydi. Saudiya hukumati "qoidalar"ga rioya qilişdan boş tortgani uçun VoIP'ni bloklab qöygandi.
Bundan avval Snapchat Qatarning Al Jazeera telekanalini bloklagan edi.
Saudiya rasmiylari Qatar tarmoğini "ekstremizmni qöllab-quvvatlovçi zararli va tarğibotçi kanal" deya ayblaşgan.
Ta'kidlaş joizki, hukumat 400 ming veb-saytni bloklaş töğrisida qaror qabul qilgan 2011 yilgi "arab bahori"dan söng Saudiya Arabistonida internetda senzura kuçaygan.












