19 sentabrdan 20 sentabrga ötar keçasi Toşkent vaqti bilan soat 01:00 dan, Nyu-York vaqti bilan esa 16:00 dan söng Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasidagi ma'ruzasi “Özbekiston” va “Özbekiston 24” telekanallari orqali töğridan-töğri olib körsatiladi. Bu haqida Prezident matbuot xizmatida ma'lum qilindi. 

Şuningdek, Prezident Şavkat Mirziyoyevning ma'ruzasini BMTning rasmiy sayti orqali ham kuzatişingiz mumkin. 

Ta'kidlaş joizki, Özbekiston Prezidenti Polşa va Misr davlatlari rahbarlaridan söng ma'ruza qiladi.

Yirik siyosiy tadbirda BMT faoliyatini isloh etiş, dunyo hamjamiyatining yangi rivojlaniş maqsadlari sari yakdil qadam taşlaşga kelişib oliş, terrorizm va separatizm körinişida harakatlarga barham beriş kabi masalalarga töxtalib ötiladi.