Dima Qayum - bu ismni internet sahifalarida, ijtimoiy tarmoqlarda köp uçratamiz. Hayotiy haqiqatlar, jamiyat muammolarini ikki satrga joylab, odamlarga kulgu ulaşadigan, çekka bir qişloqning oddiy hayot tarzini namoyon etuvçi bu inson asli Farğona viloyatining Rişton tumanidan. KUN.UZ “peçkaçi Dima” nomi bilan tanilgan tadbirkorni qidirib Riştonda böldi. Samimiy suhbat asnosida Rişton dehqon bozorini aylandik.  

Uning aytişiça, şu bozordagi katta tadbirkorga yoşlikdan şogird tuşgan. “Uning mehnatini qildik, rozi qilib, özimiz alohida tadbirkorlikni boşlaganmiz. Qiş kunlarida peçka, truba, yozda esa bankalar sotamiz. Peçkalarimizni ustalarimiz bor, öşalar yasaydi. Andijon, Asaka, Şahrixon, Qöqondan bölgan ustalar bor, öşalar çiroyli qilib yasab berişadi. Xalqning xizmatini qilib yuribmiz”, - deydi tadbirkor Dilşod Boltaboyev (Dima Qayum).

Dima Qayum Feysbukdagi maşhur postlari haqida gapirar ekan, ularning bari xalqdan olinganini aytib ötdi.

“Özimiz xalqning orasidamiz. Bor hayotiy narsalarni kulgili qilib çiqarib beramiz. Aslida, u narsalarni kulgili, deb ham bölmaydi. Biroq bu ham bir yönaliş-da. Kelajakda rejalarim köp. Bu bilan töxtab qolmaymiz. Rejalarimiz ulkan. Falsafiy mavzularga kelsak, rahmatli Hojiboy Tojiboyev: “Xalqdan olib, xalqqa beramiz” deganidek, men ham şu xalqdan olib, xalqqa beraman. Barçasining ijodkori men emas, balki xalqdir. Hayotimdan nolimayman. Xudoga şukr yaxşi, tinç yaşamoqdamiz. Maişiy kamçilik – u kamçilik emas. Mehnat qilinsa, hamma narsaga yetişsa böladi”, - deydi u.

U ertalab soat 5:30lardan 19:00-19:30, ba'zida esa 21:00ga qadar işlaydi. “Vodiy xalqi azaldan mehmondöst. Toşkentdan keladigan mehmonlarni kutib oliş haqida gapiradigan bölsak, bilasizmi, Rişton bozorimizda narx-navo juda arzon. Kelgan hammani qöldan kelgança mehmon qilib jönatamiz. Mehmon bölib boraman, desa, yöq kelma, demaysiz-ku. Özlari şunday taklif bilan çiqişadi”, - deydi u. 

Riştonning mehmondöst va samimiy odamlari könglimizda iliq taassurot qoldirdi. Dima Qayum bilan bir piyola çoy ustida dildan suhbat qurdik.