Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda Microsoft kompaniyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ikki tomonlama hamkorlik yönalişlari ifodalangan hujjat Özbekiston hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jahonning nufuzli kompaniyalaridan biri bölgan Microsoft bilan aloqalarni yangi bosqiçga kötaradi, deya xabar berdi Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi sayti.
Hujjatda intellektual mulkni himoya qilişni kuçaytiriş, Özbekistonda kiber xurujlarga qarşi tizimlarini mustahkamlaş, axborot texnologiyalari va "bulutli" texnologiyalarda, şuningdek mobil işlanmalar, oçiq ma'lumotlar hamda "salmoqli ma'lumot" (big data) ni tarqatiş va qayti işlaşda, dasturiy ta'minot işlab çiqariş, "internet buyumlari" uçun işlanmalar tayyorlaş yönalişlarida innovatsiyalarni amalga oşiriş kabi istiqbolli hamkorlik belgilab olindi.
Hamkorlik memorandumiga köra, aloqalar bosqiçma-bosqiç mustahkamlanib boradi va amalga oşiriladi. Özaro hamkorlik örnatiş şartlariga köra, Microsoft kompaniyasi özbekistonlik mutaxassislar bilan "bulutli" va mobil texnologiyalar böyiça tajriba hamda bilimlarini örtoqlaşadi, startaplarni amalga oşiriş va "bulutli" va mobil biznes-işlanmalarni, oçiq va salmoqli ma'lumot tizimlarini yaratiş, şuningdek IT-könikmalarni va kiber xurujlardan himoyalaniş böyiça taşkil qilinadigan maşğulotlarni ötkazişda malakali ekspertlar bilan qöllab-quvvatlaydi.











