SAVOL: Yoşim 59 da. Heç qayerda işlamaganman. 7 nafar farzandim bor. Yoşga doir qarilik pensiyasi haqida eşitdim. Men ham şu pensiya olişim mumkinmi? (Aslida, yoşligimda 1 yil bolalar boğçadasida tarbiyaçi bölib işlaganman, lekin heç qanday hujjatim yöq)
Ma'mura Qodirova
JAVOB: Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Pensiya tayinlaş uçun zarur bölgan iş stajiga ega bölmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlaş va tölaş tartibi töğrisida»gi Nizomga asosan yetarli mehnat stajiga ega bölmagan fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi.
Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq, yoşga doir nafaqa: iş stajiga ega bölmagan; 7 yildan kam iş staji mavjud bölib, yoşga doir pensiya tayinlaş uçun yetarli iş stajiga ega bölmagan şaxslarga tayinlanadi.
Yoşga doir nafaqa esa: erkaklarga — 65 yoşga yetganlarida; ayollarga — 60 yoşga yetganlarida tayinlanadi.
Nafaqa tayinlaş töğrisidagi ariza ariza beruvçining yaşaş joyi böyiça Pensiya jamğarmasi bölimiga beriladi.
Savollarga huquqşunos Mirzohid Şoqalamov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.












