Braziliyaning Rio-de-Janeyro ştati gubernatori Serjiu Kabral 45 yil 2 oylik qamoq jazosiga mahkum etildi. Globo telekanalining xabar qilişiça, ştatning sobiq rahbari korrupsiya, pullarni noqonuniy ötkaziş va jinoiy taşkilotda iştirok etişda aybdor deb topilgan.
Tergov tomoniga köra, Kabral yirik kompaniyalarga ştat hokimiyati bilan bitimlar tuziş evaziga moliyaviy foydalar körgan. Bu şartnomalar qiymati öta yuqori bölib qolgani tufayli mintaqa zarar körgan. “Bir neça million saylovçining qöllab-quvvatlaşi bilan hokimiyatni egallagan gubernator pul evaziga ma'lum bir imtiyozlarni taqdim etgan. U tadbirkorlarga Rio-de Janeyro aholisi bildirgan işonçni pullagan. Şuning uçun ham uning aybi boşqa poraxörlarning aybiga qaraganda oğirroqdir”, - deyiladi sudya Marselu Bretas qarorida.
Uşbu iş böyiça yana 11 kişi aybdor deb topilgan va turli muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Şu jumladan sobiq gubernator rafiqasi Adriana Anselmu ham 18 yilga qamaladigan böldi.
2007-2014 yillarda ştatni boşqargan sobiq mulozim ötgan yil 17 noyabrda qölga olingan edi. Öşanda uning yirik davlat fondlarining mablağlarini özlaştirgani aytilgandi. Keyinçalik, unga nisbatan korrupsiyaga aloqador 9 ta iş qözğatildi.












