Eron yadro kelişuvini tark etiş yadro qurolini tarqatmaslik böyiça xalqaro tartibga jiddiy zarba böladi va Yaqin Şarqda jiddiy tartibsizliklarga olib kelişi mumkin, degan Xitoy TIV rahbari Van I. U Eronning xalqaro vositaçilar "oltiligi" vazirlari bilan uçraşuvida şunday fikrlarni ilgari surgan. Vazirlar uçraşuvi BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida bölib ötdi.  

"Dunyoda kamçiliksiz kelişuv mavjud emas. Barça tomon kelişuvning ijobiy tomoniga e'tibor qaratişi kerak. Agar yarim yölda töxtab qolinsa, bu xalqaro tarqatmaslik tartibiga jiddiy zarba böladi.Yaqin Şarqda esa yirik tartibsizliklar kelib çiqişi mumkin", — degan Van I. Uning sözlari XXR taşqi siyosat mahkamasi saytida joylaştirilgan. 

Xitoy vazirining işonç bildirişiça, har bir tomon töğri xulosa çiqaradi va kelişuvni ijro etiş uçun qulay muhit yaratadi. Van Ining qayd etişiça, Xitoy uşbu tarixiy kelişuvni qöllab-quvvatlaydi hamda uni hayotga tatbiq etiş böyiça işni davom ettiradi.