Ispaniyaning Marseme tumanidagi Kalele sohillarida oğirligi 700 kilogramm bölgan ikki metrli toşbaqa ölik holda topildi. La Vanguardia gazetasi şu haqida xabar berdi.
Mahalliy biologlarning ma'lum qilişiça, sudralib yuruvçilarning bu turini Örta yer dengizida ikki ming yilda köpi bilan 10 martagina körişgan.
Bunday qalin terili toşbaqalar tropik va subtropik suvlarni ma'qul körişadi, ayniqsa — Janubiy Amerikada. Ular mavjud toşbaqalar orasida eng yirik dengiz toşbaqalari hisoblanadi. Ularning fiziologiyasi katta masofalarga suziş uçun öz tana haroratini boşqariş imkonini beradi.
Toşbaqaning jasadi tadqiqot uçun Barselona Universitetiga yöllandi.











