Soliq kodeksiga özgartirişlar va qöşimçalarni öz içiga olgan ikkita loyiha QHTBT portalida joylaştirildi.
Norma.uz’ning yozişiça, birinçi loyiha yirik soliq tölovçilar ta'rifini öz içiga olgan. Loyihaga köra bu yakka tartibdagi soliq ma'muriyatçiligi ta'siri doirasiga tuşadigan alohida toifadagi yuridik şaxslar. Moliya vazirligi va DSQ yirik soliq tölovçilar aniqlanadigan mezonlarni belgilaydi.
Yirik soliq tölovçilarga soliq soliş tartibini tanlaş yoki özgartiriş huquqi taqdim qilinmaydi, ular böyiça soliq ma'muriyatçiligi alohida amalga oşiriladi. Ularning soliq hisoboti ular hisobga qöyilgan joyi böyiça hududiy DSBlariga yuboriladi.
Eslatib ötamiz, Prezidentning 18.07.2017 yildagi PF-5116-son Farmoniga asosan yirik soliq tölovçilar böyiça soliq ma'muriyatçiligi funksiyalari Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahar DSBlari tomonidan amalga oşiriladi.
Yirik soliq tölovçilar jumlasiga kiritilgan va yakka tartibdagi soliq ma'muriyatçiligi ta'siri doirasiga tuşadigan kompaniyalar bu haqda tegişli qaror qabul qilingan kundan boşlab 5 kun içida hisobga qöyilgan joyi böyiça hududiy DSBlari tomonidan xabardor qilinadi (şu jumladan soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali).
Ikkinçi loyiha SK 84-moddasiga qöşimçani közda tutadi. Taklif etilayotgan tuzatişga köra, Internet tarmoği milliy segmentining domen nomlari tizimini belgilaydigan organ soliq organlariga domen nomlari ma'murlari töğrisidagi axborotdan foydalaniş imkoniyatini taqdim etadi. Bu tegişli ma'lumotlar bazasiga ulaniş uçun dasturiy vositalar taqdim etiş vositasida amalga oşiriladi.
Şu tariqa, elektron tijorat sohasida soliq nazorati mexanizmini joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Loyihalar özgartirilişi, qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.
Yirik soliq tölovçilar kodeksda aks ettiriladi
18:00 / 21.09.20178 7202 min










