Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy dileri 89 mingdan ortiq Mitsubishi ASX krossoverlarini qaytarib olmoqda. Bunga oyna tozalovçi bilan boğliq ehtimoliy nosozliklar sabab qilib körsatilmoqda, deyilmoqda Rosstandart saytidagi xabarda.

Şunday qilib jami 89 406 dona maşina çaqirib olinadi. Ular 2010 yil iyulidan 2016 yil yanvariga qadar sotilgani ta'kidlanmoqda. Barça transport vositalari tekşirib köriladi va zarur bölgan hollarda old oyna tozalagiç motori almaştiriladi. 

Rasmiy diler barça avtomobillar egalarini öz maşinalarini dilerlik markazi olib keliş zarurligidan ogohlantiradi. Ta'mirlaş işlari bepul ötkaziladi.