Muvaffaqiyat sari 46 yil: Ilon Mask tarixi suratlarda
|05:30 / 21.09.201762 47114 min
SpaceX va Tesla boş direktori, The Boring Company asosçisi va OpenAI hammuassisi - aftidan Mask hamma joyda ulguradigan körinadi. U kosmik raketalar, elektromobillar va quyoş batareyalari qurşovida, qotil-robotlarni tadqiq qiladi - va bu işlar orasida milliardlab pul topişning uddasidan çiqadi. Şunday bölsa-da, Mask bu darajaga osonlik bilan erişmagan. Qanday qilib maktabda köpçilik ustidan kulgan bola bunday işbilarmonga, keyin esa xuddi ilmiy-fantastik roman sahifalaridan hayotga köçgan ikki yirik kompaniya rahbariga aylandi - va bu yölda tanazzulga uçramadi? BusinessInsider şu haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.
Ilon Mask 1971 yilning 28 iyunida Pretoriya (JAR)da dunyoga kelgan.
Foto: Wikimedia Commons
Otasining sözlariga köra, Mask "doim öyçan introvert bölgan".
Foto: Bloomberg
"Boşqa bola bölganida döstlari bilan ziyofatga borib, vaqtini çoğ ötkazişi mumkin edi, Ilon esa hatto ziyofatga borib qolgan taqdirda ham, darhol kutubxonani topib, kitoblar olamiga şönğib ötirardi", - deydi Maskning otasi, muhandis Errol Mask.
Maskning onasi — professional parhezşunos va model.
Foto: Forbes
Mayye Mask Kanadada tuğilgan. Special K nonuştalari qutilari va hatto Time jurnali muqovasida uning suratlarini körişingiz mumkin.
1979 yilda ota-onasi ajraşib ketgaç, 9 yoşli Ilon va uning ukasi Kimbal otasi bilan yaşaşga qaror qilişdi.
Mavzuga oid
Foto: Bloomberg
1983 yilda, 12 yoşida Mask "Blastar" nomli oddiy öyinni yozib, uni kompyuter jurnaliga 500 dollarga sotgan.
Foto: Business Insider
Özining aytişiça, öyin "u qadar ahamiyatli bölmagan... ammo Flappy Bird'dan yaxşiroq bölgan"
Biroq maktabda unga oson bölmagan — bir kuni tengdoşlari uni şu darajada kaltaklaşganki, uni hatto şifoxonaga joylaştirişga töğri kelgan.
Foto: Shutterstock
Eşli Vens "Ilon Mask: Tesla, SpaceX va fantastik kelajak sari" kitobida yozişiça, bezorilar Maskni zinadan pastga taşlab, huşini yöqotguniça kaltaklaşgan.
Örta maktabni tugatgandan söng Mask Kanadaga yöl olgan va ikki yil Ontarioda, Kingston Qirollik universitetida tahsil olgan.
Foto: Wikimedia Commons
Mask Kanadaga onasi, singlisi Toska va ukasi Kimbal bilan köçib ötgan.
Biroq u öqişni Pensilvaniya Universitetida tugallagan va u yerda biryöla ikki (fizika va iqtisodiyot böyiça)diplomni qölga kiritgan.
Foto: AP
Pensilvaniya Universitetida öqiş davomida Mask sinfdoşi Adeo Ressi bilan talabalar kommunasi binosini tungi klub uçun ijaraga berişgan.
Bu Maskning ilk biznes-tajribalaridan biri edi.
Foto: AP
Şundan söng Mask doktorlik darajasiga erişiş maqsadida Stenford universitetiga yöl olgan, biroq tezda öqişni taşlab ketgan.
U öqişning ikkinçi kunidan keyin universitetni tark etişga qaror qilgan, buning örniga endigina tanilib borayotgan dotkomlar bumida omadini sinab körişga çoğlangan. U Stenfordga qaytmadi.
Foto: Facebook/Stanford University
Ilon ukasi Kimbal bilan Zip2 kompaniyasiga asos solgan.
Foto: Wikimedia Commons
Otasi New York Times va Chicago Tribune kabi gazetalar uçun şaharlar böyiça körsatmalar beruvçi saytni işga tuşiriş uçun öğillariga 28 ming dollar bergan.
Mask Zip2 ustida işlagan vaqtida deyarli idorada yaşagan va YMCA mahalliy yoşlar taşkiloti binosida duş qabul qilgan.
Foto: Mashable
Biroq Compaq kompaniyasi Zip2'ni 341 million dollarga sotib olganidan keyin barça harakatlar özini oqlagan. Bitim Maskka 21 million keltirgan.
Söngra Mask X.com onlayn-tölovlar tizimiga asos solgan.
Foto: AP
1999 yilda u Zip2 sotuvidan tuşgan pulning deyarli yarmidan foydalanib, loyihani işga tuşirgan. Taxminan bir yildan keyin X.com Piter Tilning Confinity moliyaviy startapi bilan birlaşdi — şu tariqa PayPal dunyoga keldi.
Mask PayPal'ning boş direktori bölgan, lekin boşqaruv boşida uzoq qolmadi.
Foto: Getty Images
2000 yilning oktabrida u PayPal hammuassislarini kompaniya serverlarini Microsoft Windows'dagi bepul Unix operatsion tizimiga ötkazişga işontirişga harakat qilgan, biroq texnik direktor tomonidan qat'iy qarşilikka yöliqqan.
Mask Avstraliyaga mehnat ta'tiliga ketgan vaqtida direktorlar kengaşi uni işdan böşatgan va Tilni yangi boş direktor etib tayinlagan.
Foto: Business Insider
"Mehnat ta'tili qimmatga tuşgan", - deydi Mask köp yillardan keyin 2000 yilgi sayohatini yodga olar ekan.
Biroq Mask uçun barçasi xayrli yakun topdi: 2002 yilning oxirida eBay kompaniyani 1,5 milliard dollarga sotib olgan va şartnoma unga ançagina foyda keltirgan.
Foto: AP
U PayPal'ning eng yirik aksiyadori sifatida 165 million dollar işlab olgan.
Mask PayPal sotuviga qadar ham yangi loyihalar haqida orzu qilgan, siçqonlar yoki ösimliklarni Marsga çiqariş rejasi ham şular qatorida bölgan.
Foto: Wikimedia Commons
Ilmiy fantastikaning aşaddiy muxlisi bölgan Mask hatto iste'moldan çiqarilgan sovet raketalarini sotib olişga harakat ham qilgan. Biroq Rossiya tomon har bir raketa uçun 8 million dollar söragan va Mask şaxsiy raketani quriş arzonroqqa tuşişiga işonç hosil qilgan.
2002 yilning boşida Mask bugungi kunda Space Exploration Technologies yoki SpaceX nomi bilan maşhur kompaniyaga asos soldi.
Foto: Reuters
Maskning maqsadlari katta bölgan: kosmik parvozlarni ön karra arzonlaştiriş.
SpaceX'ning ilk kosmik qurilmalari "Yulduzlar jangi"dagi kosmik kema şarafiga "Ming yillik loçin" deya nomlangan.
Foto: Flickr/SpaceXPhotos
Albatta, gap Falcon 1 va 9 raketalari haqida bormoqda.
Boşqa bir qurilma "Puff the Magic Dragon" qöşiği şarafiga nomlangan.
Foto: Flickr/SpaceX
Kosmik kema nomi - Dragon - SpaceX heç qaçon raketalarini kosmosga uçira olmasligini ta'kidlagan tanqidçilarga javobdek göyo.
SpaceX'ning uzoq muddatli maqsadi — Marsni egallaş.
Foto: Tech Insider/Recode/NASA
SpaceX transport va yölovçi kemalari Marsga muntazam reyslarni boşlamagunga qadar IPÖga ariza bermaydi, degan Mask.
Şunday bölsa-da, Maskning Yerda ham işlari talaygina, ayniqsa uning boşqa bir kompaniyasi — Tesla'da.
Foto: Wikimedia Commons
Kompaniyaga 2003 yilning iyulida Martin Eberxard tomonidan asos solingan, 2004 yilda esa Mask birinçi marta korxonaga sarmoya kiritgan. Bugungi kunda Tesla'dagi investitsiyalarning umumiy hajmi taxminan 70 million dollarni taşkil qiladi.
Mask Tesla'da faol iştirok eta boşladi, hozir u kompaniyaning hammuassislaridan biri hisoblanadi. Tesla uning iştirokida özining birinçi avtomobili — Roadster'ni işlab çiqardi.
Foto: Getty Images
2006 yilda, elektron Roadster sotuvga çiqqan vaqtda Mask Tesla direktorlar kengaşining raisi bölgan. Hozir u - kompaniyaning boş direktori.
Mask şu bilangina qoniqib qolmadi, tez orada u navbatdagi ğoyani ilgari surdi: quyoş energetikasini rivojlantirişga yönaltirilgan SolarCity loyihasi.
Foto: AP
2006 yilda Mask özining qarindoşlari - aka-uka Piter va Lindon Rivlarga boşlanğiç kapital taqdim etib, bu ğoyani hayotga tadbiq etişni taklif qildi.
Bu vaqtda esa Tesla'da işlar u qadar silliq keçmayotgan edi.
Foto: AP
Eberxard boş direktor lavozimini egallagan bir paytda kompaniya işlab topayotganidan-da köproq pul sarflardi. 2007 yilda Mask "töntaruv" taşkillaştirgan - dastlab Eberxardni boş direktor lavozimidan ozod qilgan, keyin esa uni direktorlar kengaşi va kompaniyaning boşqaruv tarkibidan çiqarib yuborgan.
2008 yilda, inqiroz moliyalaştiriş imkoniyatlarini jiddiy çegaralab qöyganida, Maskning şaxsan özi kompaniyani bankrotlikdan qutqarib qolgan.
Foto: Reuters
Mask Tesla'ga 40 million dollar investitsiya kiritgan va kompaniyaga xuddi şu summada kredit taqdim etgan. Şu yilning özidayoq u kompaniyaning boş direktori etib tayinlangan.
Mask SpaceX, Tesla va SolarCity kompaniyalari örtasida sarson bölgan.
Foto: Reuters
Maskning sözlariga köra, 2008 yil uning hayotidagi eng oğir yil bölgan. Tesla pullarini yöqotişda davom etardi, SpaceX'da esa Falcon 1 parvozi bilan boğliq muammolar paydo bölgan. 2009 yilga borib Mask deyarli qarzga botgan.
Boz ustiga, deyarli şu vaqtda Mask turmuş örtoği bilan ajraşgan.
Foto: AP
Maskning sobiq turmuş örtoği - kanadalik yozuvçi Jastin Mask olti öğilni dunyoga keltirgan.
Tez orada Maskni ikki yaxşi yangilik kutardi.
Foto: AP
SpaceX kompaniyasi NASA bilan 1,5 milliard dollarlik şartnomani imzolagan, Tesla esa nihoyat taşqi investorlarni jalb qilişga muvaffaq bölgan.
2010 yilga borib barçasi jiddiy özgardi, iyun oyida Tesla muvaffaqiyatli IPO ötkazgan.
Foto: Reuters
Kompaniya dastlab 226 million dollar jalb qilgan va 1956 yilda bozorga çiqqan Ford'dan keyingi birinçi ommaviy avtomobil kompaniyasiga aylangan. Moliyaviy muammolarini hal qiliş uçun Mask 15 million dollarlik aksiyalarini sotgan.
Maskning noodatiy karerasiga boşqa doiralarda, ayniqsa Hollivudda ham e'tibor qaratila boşlandi.
Foto: YouTube/Kim Stockton
Kenja Robert Daunining Temir odam haqidagi filmlar seriyalaridagi personaji Toni Stark qisman Maskning obraziga asoslangan.
U paytlar Maskning şaxsiy hayoti ança jöşqin keçgan.
Foto: Getty Images
2008 yilda Mask aktrisa Talula Rayli bilan uçraşa boşlagan, 2010 yilda ular turmuş qurişgan, ammo 2012 yilda ajraşişgan. 2013 yilning iyulida ular qaytadan turmuş qurişgan. 2014 yilning dekabrida esa Mask ajraşiş uçun ariza bergan, biroq tez orada hujjatlarni qaytarib olgan. 2016 yilning martida Rayli ajraşişga ariza bergan va nihoyat oktabr oyida ular ajraşişgan.
Biznesdagi işlar esa ança yaxşi ketayotgandi - ayniqsa SpaceX'da.
Foto: Flickr/SpaceX
2015 yilning oxiriga borib SpaceX kompaniyasi 24 parvozni amalga oşirdi (parvozlar asosan Xalqaro kosmik stansiyaga yuk taşişga asoslangan bölgan) va yöl-yölakay köplab rekord örnatdi. 2016 yilda SpaceX birinçi marta okeandagi platformaga köp martalik Falcon 9 raketasini qöndirişga muvaffaq bölgan.
Mask doimo yangi ğoyalar oğuşida. Eng sönggilaridan biri — Hyperloop.
Foto: Hyperloop Transportation Technologies
Hyperloop — vakuum quvur böylab harakatlanuvçi tezkor poyezd bölib, u Moskvadan Sankt-Peterburggaça bölgan masofani deyarli 35 daqiqada bosib ötadi. Ğoyani hayotga tadbiq etişni tezlaştiriş maqsadida Mask boşqa kompaniyalarga ham öz Hyperloop versiyalarini yaratişga imkon bermoqda.
Yaqinda Ilon Mask yana bir loyihani işga tuşirdi — The Boring Company. Uning nomini ingliz tilidan "Zerikarli kompaniya" deya tarjima qiliş mumkin, biroq bu atayin qilingan söz öyini: aslida u "Burğulovçi kompaniya" ma'nosini anglatadi.
Foto: Business Insider
The Boring Company'ning missiyasi - şaharlar osti va atrofida tunnellar orqali tirbandlikni çetlab ötuvçi tezkor transport harakatini ta'minlaş. Bundan taşqari, Mask Nyu-York va Vaşington örtasida Hyperloop uçun tunnel qurdiriş ğoyasini Oq uy bilan muhokama qilganini ta'kidlagan.
2015 yil oxirida Mask OpenAI asosçilaridan biriga aylandi. OpenAI - sun'iy intellekt sohasidagi tadqiqotlar bilan şuğullanuvçi notijorat taşkilot. Uning missiyasi - robotlar insoniyatni yöq qilmasligini kafolatlaş.
Foto: Flickr/Jurvetson
Mask eng yaxşi sun'iy intellekt uçun poyga uçinçi jahon uruşiga aylanişi mumkinligidan xavfsiraydi.
Töğri, bu xadiklar unga haydovçisiz Tesla avtomobillari uçun sun'iy intellekt işlab çiqişga xalaqit bermaydi.
Foto: Timothy Artman/Tesla
"Avtopilot" tizimi Tesla avtomobillarining barça modellarida bor.
Ötgan yili Tesla 2,6 milliard dollarga SolarCity'ni xarid qildi.
Foto: AP
Bu Maskka "yaşil" energiya sohasidagi ikki yirik loyihani bir tom ostida birlaştiriş imkonini berdi.
2017 yil Mask uçun u qadar yoqimli keçdi deb bölmaydi, har holda siyosat sahnida şunday böldi.
Foto: AP
Mask Tramp ma'muriyati qoşidagi maslahat kengaşiga qöşildi, bu jamoatçilikda katta muhokamaga sabab böldi. Dastlab u özining ilğor ğoyalarini amalga oşirişda Oq uyga yaqinligidan foydalanişi mumkinligini aytib, öz qarorini himoya qildi. Biroq Donald Tramp iqlim özgarişiga doir Parij kelişuvida iştirok etişdan voz keçganidan keyin Mask kengaşni tark etdi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi