Akulalarning umr köriş uzoqligi yetarliça baholanmagani aniqlandi. Misol uçun, oq akulalar 50 yil emas, 70 yilgaça yaşaşlari mumkin ekan. Bu haqda okeanşunos Alister Garri Nature jurnalidagi maqolasida yozgan.
"Bizning joriy kuzatuvlarimizning körsatişiça, bizning hamkasblar e'tibor qaratgan yoki biz örgangan akulalar turlari emas, balki barça turdagi akulalar yoşlari pasaytirilgan. Endi bu muammoni rad etib bölmaydi va barça akulalar yoşini boşqatdan ölçab çiqiş kerak", deb aytgan Taunsvilldagi (Avstraliya) Jyeyms Kuk universiteti olimi Alister Garri.
Akulalar eng uzoq umr köruvçi baliqlardan va umurtqalilardan biri hisoblanadi. Misol uçun, Grenlandiya akulalari Somniosus microcephalus örtaça 200-300 yil umr köradilar, ularning ba'zilari esa 500 yilgaça ham yaşaşi mumkin. Bu ularni sayyoramizdagi eng uzoq umr köruvçi jonzotlar qiladi. Boşqa köplab akulalar esa ölçamlari va moddalar almaşinuvi tezligiga köra, örtaça 20 yoki 40 yil yaşaşi mumkin.
Olimlar tanalari qarigan sari körinişi deyarli özgarmaydigan akulalar va boşqa dengiz baliqlari yoşini qanday ölçaydilar? Ular buning uçun baliqlarni tutib, ularning umurtqlarini kesib, ular içidagi yillarga mos qatlamlarni sanab çiqişadi. Bunday ölçaşlar ularning yoşini yetarliça aniq bilişga imkon beradi.
Biroq Garrining aytişiça, bu usul oxirgi yillarda şubha uyğota boşlagan. Misol uçun, oddiy qum akulalari ortidan olib borilgan kuzatuvlar ularning haqiqiy yoşi umurtqlari körsatayotgan "yil halqalari" sonidan bir neça yil kattaroq bölişi mumkinligini körsatdi.
Bu Garrini oxirgi 50 yil içida olib borilgan akulalar yoşlari ölçaşlarini tahlil qilib, ulardagi xatolarni aniqlab, ularni töğrilaşga undadi. Buning uçun olim akulalar suyaklarida yadroviy sinovlar izlari, olimlar akula tanasiga kiritgan yoruğlanuvçi belgilar va akulalarni erkinlikka qöyib yuborişdan oldingi suyaklariga tayanib akulalarning ösiş tezligini hisoblab çiqdi.
Bu ma'lumotlarni qiyoslab, olim barça akulalarning yoşi tizimli ravişda yetarliça baholanmagani va aslida ularning yoşi avval taxmin qilingandan 20-30 yoşga kattaligini aniqlagan. Misol uçun, yölbars akulalar 20 yil emas, balki taxminan 40 yil, seld akulalari esa 38 yil emas, 65 yil yaşaşlari ma'lum bölgan.
Bundan taşqari, akulalarning uzoq umr körişi ular olimlar avval hisoblagandan sekinroq ösişlari foydasiga gapirişi mumkin. Bu esa akulalarni uşlaşga kvotalarni belgilaşda juda muhimdir.











