Örtaçirçiq tumanida sodir bölgan baxtsiz hodisa oqibatida 3 yoşli bola halok böldi. Bu haqda Toşkent viloyati prokuraturasi xabar qilgan.
Fojia jabrlanuvçi qarovsiz qolib, uyi oldidan oqib ötuvçi ariqda çökib ketişi natijasida sodir bölgan.
Viloyat prokuraturasi xabarida aytilişiça, mazkur baxtsiz hodisa bolalar ölimiga olib kelgan yagona holat emas. Sodir bölgan baxtsiz hodisalarning aksariyati ota-onalar tomonidan farzandlarini qarovsiz qoldirilişi natijasida yuzaga kelgan.
Toşkent viloyati huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan qurbonlarning yaqinlari va oila a'zolariga hamdardlik bildirilib, bu kabi baxtsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida ota-onalardan har qanday holatda öz farzandlarini qarovsiz qoldirmaslik söralgan.











