12 sentabr kuni soat 01:30 larda Toşkent viloyati, Örtaçirçiq tumani hududida “Matiz” va “Damas” rusumli avtomobillar  iştirokida sodir bölgan YTH oqibatida “Damas” haydovçisi boşqaruvni yöqotib yöl çetida turgan 2007 yilda tuğilgan piyoda A.K.ni urib yuborgan va fuqaro A.K. olgan oğir tan jarohatlari oqibatida şifoxonada vafot etgan.

A.K.ning otasi ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat bilan çiqib, “Matiz” rusumli avtomobil haydovçisi Milliy gvardiya xodimi bölganini va u qöyib yuborilganini aytgan.

Milliy gvardiya matbuot xizmati uşbu holat böyiça rasmiy munosabat bildirdi.

“Davlat raqami 10 Z 954 SA bölgan “Matiz” rusumli avtomobil haydovçisi fuqaro T.M. ayni damda Milliy gvardiya xodimi emas. U oldin Toşkent şahar Qöriqlaş boşqarmasining xodimi bölgan va öz xohişi bilan işdan böşatilgan. Uni oldindan tanigan fuqarolar tomonidan berilgan ma'lumotga köra ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirda Milliy gvardiya xodimi deb yodga olingan”, deyiladi unda. 

Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining ma'lumot berişiça, olib borilgan dastlabki tergov oldi suriştiruv jarayonlarida “Matiz” rusumli avtomobil haydovçisi Nurafşon şahar tibbiyot bölimi şifokorining xulosasiga köra mast holda ekani aniqlangan.

Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismiga köra jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.