Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-York şahrida Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan uçraşdi. 

Davlatimiz rahbari Jahon banki Özbekistonning işonçli va strategik şerigi ekanini alohida ta'kidladi. 

Mazkur bank va mamlakatimiz moliya muassasalari örtasida amaliy muloqotlar yölga qöyilgan. Bugungi kunda özaro hamkorlik energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qiliş, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş sohalarini qamrab olgan. 

Ötgan yili qabul qilingan 2020 yilgaça hamkorlik qöşma dasturiga 27 ta muhim loyiha kiritilgan. Ularning umumiy qiymati 4 milliard dollardan iborat bölib, şundan 3 milliard dollari Jahon banki kreditlaridir. 

Uçraşuvda mamlakatimizda Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilingani, iqtisodiyotda davlat iştirokini kamaytiriş va korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça tizimli işlar amalga oşirilayotgani qayd etildi. 

Xalqaro valyuta jamğarmasi tavsiyalari asosida valyuta sohasida bozor mexanizmlari joriy etilgani, savdodagi turli tösiqlar olib taşlangani, işbilarmonlik va investitsiya muhiti yanada yaxşilanayotgani alohida ta'kidlandi. 

Prezidentimiz uşbu islohotlarni amalga oşirişda Jahon bankining ulkan tajribasi qöl kelişi, Özbekiston bank bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş tarafdori ekanini ta'kidladi. 

Mamlakatimizda samarali mikromoliyalaş tizimini joriy etiş, irrigatsiya-drenaj va yöl-transport infratuzilmalarini modernizatsiya qiliş, agrosanoat kompleksini rivojlantiriş va boşqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Jahon banki prezidenti Özbekistonda bank-moliya tizimini takomillaştiriş, qulay işbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yaxşilaş böyiça olib borilayotgan çora-tadbirlar biznes rivojiga xizmat qilişini ta'kidladi. 

Muloqotda özaro hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça aniq takliflar, istiqbolli loyihalar muhokama etildi.