Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Amerika Qöşma Ştatlariga taşrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi delegatsiyasi hukumat topşiriği asosida Kaliforniya ştatidagi «Silikon vodiysi»da bölib, bu yerda faoliyat körsatuvçi jahonning nufuzli AT-kompaniyalari bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bordi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bergan.

Xususan, HP Tech Ventures​ kompaniyasining global startaplari sarmoyadori hisoblangan Vitaliy Golomb bilan uçraşuvda «Silikon vodiysi» misolida Özbekistonda texnoparklar eko-tuzilmasi hamda innovatsion markazlar faoliyatini taşkil qiliş va qöllab-quvvatlaşga kelişib olindi. Şuningdek, Özbekistondagi AT-startaplar uçun investitsiyalarni jalb qilişning muvaffaqiyatli mexanizmini yölga qöyişda hamkorlik qiliş imkoniyatlari muhokama diqqat-markazida böldi.

Amazon Web Services ​ (Amazon kompaniyasining «bulutli xizmatlar» körsatuvçi infratuzilma platformasi) boş menejyeri Kamfius Bas bilan ötgan uçraşuvda Özbekiston hududida quyoşli panellarda işlaydigan ma'lumotlarni qayta işlaydigan data-markazlar quriş, şuningdek özbekistonlik foydalanuvçilar uçun Amazon Web Services​ platformasi orqali veb-xizmatlarni körsatiş masalalariga bağişlandi. 

Tarmoqli texnologiyalar, aholi va muassasalar uçun ilğor muloqot va aloqa almaşiş platformalarini işlab çiqişda jahonda peşqadam hisoblangan Cisco​ kompaniyasining strategiya, texnologiya va innovatsiyalar böyiça vitse-prezidenti Doug Vebster bilan muzokaralar bölib ötdi. Unda Özbekistonda «aqlli» va xavfsiz şahar yaratiş strategiyasini işlab çiqişda hamkorlik qiliş belgilab olindi. Uçraşuv natijalari böyiça qator yönalişlar böyiça istiqboldagi hamkorlikka oid kelişuv şartnomasi imzolandi. 

«Silikon vodiysi»dagi yana bir muvaffaqiyatli uçraşuvlardan biri Facebook​ kompaniyasining boş qarorgohida bölib ötdi. Kompaniyani iqtisodiy rivojlantiriş böyiça rahbari Kleyr Devi iştirokidagi muhokamalarda Facebook​ vakillarining Özbekistondagi AT-tadbirlarida iştirok etişi, şu bilan birga, turli yönalişlarda, jumladan, tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş, kiçik va örta biznesni rivojlantiriş, startaplarni amalga oşiriş kabi ijtimoiy loyihalarda hamkorlik qiliş rejalari muhokama qilindi.