Joriy yilning 15 oktabr kuni Afğoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Aşraf Ğani boşçiligidagi delegatsiya rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keladi. Bu haqda «Telegraf.uz» xabar bermoqda.

Taşrif mobaynida ikki davlat örtasida siyosiy, iqtisodiy şartnoma va kelişuvlar, şuningdek, boşqa masalalar haqidagi hujjatlar imzolanişi közda tutilgan. Şuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilinişi ham rejalaştirilgan.

Afğoniston prezidenti Özbekistonga taşrifiga hozirlik körilayotgani haqida ötgan oyda bu mamlakatning Özbekistondagi elçisi Sayid Şahobuddun Timuriy ham ma'lum qilgandi. U mazkur taşrif doirasida xavfsizlik, temir yöl transporti, energetika, qişloq xöjaligi, yengil sanoat, soğliqni saqlaş, kimyo va avtomobil sanoati kabi sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan 20dan ziyod davlatlararo, hukumatlararo, vazirlik va idoralararo hujjatlarning imzolanişi közda tutilgani haqida aytgandi.