Toşkent şahrida bölib ötgan yoşlar masalalari böyiça respublika idoralararo kengaşi majlisining Boş vazir A.Aripov tomonidan 2017 yilning 19 sentabr kuni tasdiqlangan bayonida qayd etilişiça, Yoşlar ittifoqi, Madaniyat vazirligi, «Özbekkonsert» davlat muassasasi bilan birga paxta terimiga jalb etilmagan uyuşmagan yoşlar otryadlari a'zolarini rağbatlantiriş, ularning dam oliş vaqtlarini maroqli ötkazişi uçun turli madaniy-ma'rifiy tadbirlarni yuqori saviyada taşkil etib boradi.

Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligi, «Dori-darmon» kompaniyasiga uyuşmagan yoşlar otryadlari a'zolari uçun yotoqxona va (palatka) şiyponlarda keçayu-kunduz soğliqni saqlaş xodimlaridan iborat navbatçilik taşkil etiş hamda zarur bölgan dori-darmon vositalarini yetkazib beriş çoralarini köriş topşirildi.

Özbekiston fermerlari Kengaşiga uyuşmagan yoşlar otryadlari faoliyat olib boradigan fermer xöjaliklarida ular uçun zaruriy şaroitlarni yaratiş tavsiya etildi.

«Fidoyi yoşlar otryadlari»ni Toşkent viloyatida namunaviy tarzda taşkil etilişi körsatib ötilgan.

Toşkent viloyati hokimligi bir kun muddatda uyuşmagan yoşlarni (18-30 yoşgaça) uyuşmagan yoşlar otryadiga töliq jalb qiliş, jumladan Toşkent viloyati tarkibidagi tuman (şahar)lar kesimida har bir otryadga 200 nafargaça a'zolarni biriktirilişi böyiça çoralarini körişi belgilab qöyilgan.

KUN.UZ’ga vaziyat bilan taniş manbalarning tasdiqlaşiça, uyuşmagan yoşlar deganda heç qayerda işlamayotgan, öqimayotgan yoşlar tuşuniladi. Aynan ulardan otryadlarga jalb etiladi. «Fidoyi yoşlar otryadlari»ga baribir talabalar majburiy jalb etilişi haqidagi miş-mişlar asossizdir.