Yaponiyaning Infiniti markasi 2018 yil yanvarda oçiladigan Detroyt avtosalonida yangi kontseptini namoyiş qiladi. Bu haqda Autocar portali xabar bermoqda. Portal ma'lumotlariga köra, Detroytda markaning elektokari namoyiş qilinadi. Bu prototip negizida quriladigan seriyali maşina esa 2019 yilda taqdim qilinişi kerak.

Infiniti şef-dizayneri Alfonso Albaysaning ma'lum qilişiça, maşinaning sotuvga çiqariladigan versiyasi yangi platformada quriladi. Maşina haqida boşqa axborot ma'lum emas.

Foto:kolesa.ru

Şuningdek, Infiniti yaqinda boşqa bir yangi modeli – QX50 krossoverining keyingi avloddagi seriyali versiyasini namoyiş qiladi. Uşbu maşina Frankfurt avtosaloniga olib kelinişi kutilgandi, biroq marka bu yili avtosalonda iştirok etmadi. Ehtimol krossover 2017 yil oxirida yoki Deytroyt avtosalonida oşkor qilinadi.

Foto:kolesa.ru