Maşina haydovçisining ta'kidlaşiça, u maşinaning tezlaşib ketişi yaxşilik bilan tugamasligini anglab, undan sakrab tuşib olgan. Tesla Model S sedani 80 km/soat tezlikda rul boşqaruvi buyruqlariga javob bermay qöygan va uy tomon yönalgan. Bu voqea yuzasidan Tesla kompaniyasidan izoh berilmagan.

Bu joriy dekabrda Tesla maşinasi nazorat ostidan çiqayotgan ikkinçi hodisa hisoblanadi. Janubiy Koreyada ham yuqorida keltirilganga öxşaş yöl-transport hodisasi yuz bergan: Tesla Model X elektrokari öz-özidan tezlaşib, turar joy binosi oldidagi avtoturargoh devoriga urilgan. Buning oqibatida maşina yonib ketgan va uning içidagi 3 yölovçidan biri halok bölgan, 2 nafari jarohat olgan.

Tesla modellarining nazorat ostidan çiqişi bilan boğliq şunday hodisalar dekabrgaça ham qayd qilingan. Jumladan, iyunda Tesla Model 3 modeli 127 km/soat tezlikkaça tezlaşib, tormoz tepkisining bosilişiga javob bermay qöygan. Haydovçi şu tarzda 8 kmça ötgaç, çiqindi uyumiga borib urilgan. Oqibatda maşina yonib ketgan. Avgustda ham uşbu model töxtaşni “istamagan” va buning oqibatida boşqa maşina bilan töqnaşgan.

2020 yil yanvarda AQŞning Yöl harakati xavfsizligi milliy boşqarmasiga Tesla maşinalarining öz-öziça tezlaşib ketişi holatlari qayd etilayotgani sababli tekşiruv ötkaziş va yarim millionta Tesla’ni çaqirtirib oliş iltimos qilingan petitsiya yuborilgan. Petitsiyada 2012-2013 yillarda işlab çiqarilgan Tesla Model S, 2016-2019 yillarda işlab çiqarilgan Tesla Model X va 2018-2019 yillarda işlab çiqarilgan Tesla Model 3 modellari haqida gap borgan.