Yaqinda Apple kompaniyasi iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlarini taqdim etdi. Qurilmalar haqidagi ilk fikr-mulohazalar esa u qadar ijobiy emas - bunga undan-da innovatsion va qimmatbaho iPhone X smartfoniga bölgan qiziqiş ham sabab bölgan bölişi mumkin, deyiladi Marketwatch'da.
Köpçilik iPhone 8 — salmoqli smartfon ekani va iPhone'ning eski modellari egalari uçun ajoyib xarid ekanini ta'kidlamoqda. Şunday ekan, sizda iPhone 7 bölsa, u holda yangisini xarid qiliş u qadar ahamiyatli emas, çunki unda yangiliklar köp emas.
Xöş, foydalanuvçilar iPhone 8 haqida nimalar deyişmoqda?
Jyeffri Fauler (The Wall Street Journal) iPhone 8 unga "Transformerlar"ning beşinçi filmini yodga solganini ma'lum qildi:
"Uning yangi qurilma ekanini aniq bilasan. Biroq şu bilan birga u avvalgisidan nimasi bilan farq qilişini ayta olmaysan".
Fauler iPhone X'ning sotuvga çiqişini kutişni maslahat berdi. "Kimga simsiz zaryad va yangilangan kamera kerak bölmasa, bir neça yuz dollar tejab, 550 dollarga iPhone 7 xarid qilişi mumkin".
Nikol Nguyen (Buzzfeed) ham sezilarli yangilanişlar yöqligini qayd etdi:
"Umuman olganda, iPhone 8 — ilgari iPhone 7s nomi berilişi mumkin bölgan smartfon".
Devid Pirs (Wired) iPhone 8 va 8 Plus'ni "deyarli mukammal telefonlar" deb atab, yuksak baholadi.
Şunday bölsa-da, ketidan qöşimça qildi: "Baribir ular eskirmoqda. Bizni kelajakda qanday smartfonlar kutayotganini bilişni xohlaysizmi, iPhone X'ga qarang. -
iPhone 8 — hoynahoy, bugungi avlodning sönggi eng yaxşi smartfoni va uning narxi 1000 dollar emas, bu - ajoyib yangilik".
Niley Patel (The Verge) ham iPhone 8'da heç qanday yangilik topa olmadi:
"iPhone 8 — ayfonlarning törtinçi avlodi, iPhone 6 ham şu avlodga mansub. Apple sakkizinçi ayfon uçun "mutlaqo yangi dizayn" işlab çiqqanini ma'lum qilgandi. Biroq kompaniya iPhone 6S va 7 haqida ham şunday degan. Yagona farq - orqa şişa, lekin undan boşqa heç narsa özgarmagan. iPhone 8 va 8 Plus uçun 7 va 7 Plus'ning ğiloflari ham töğri keladi".












