Pixel 2 telefonini taqdim etib, Google şundoq ham ajoyib smartfonni yanada yaxşiroq qiliş mumkinligini körsatib berdi. Yangi telefon asosiy raqobatçilari bilan soliştirilganda neçoğlik yaxşi ekanligini Leyfxaker sayti tahlil qilib çiqdi.

Içki qismlari böyiça Pixel 2 va Pixel 2 XL Apple va Samsunğning eng yaxşi telefonlaridan aslo qolişmaydi. Google yangi qurilmalarini yuqori samaradorli protsessor Snapdragon 835, takomillaştirilgan displeylar va ehtimolki, smartfonlar bozoridagi eng yaxşi kamera bilan ta'minlagan.

Taassufki, kamçiliklarsiz iz bitmabdi: Apple’ning ketidan bu kompaniya ham quloqliklar uçun an'anaviy tuynukdan voz keçibdi. Pixel 2’ning kiçigi ekrani atrofida esa qurollanmagan köz bilan gardiş közga taşlanadi va buning oqibatida telefon xuddi avval işlatilgandek taassurot uyğotadi.

Google’dagilarning umid qilişlariça, yangi telefonlarning asosiy ustunligi — servislar va dasturiy ta'minotda. Xususan, kompaniya sun'iy intellekt va maşina öquvi imkoniyatlari bilan oçiqçasiga maqtanmoqda.

Hozirça 2017 yilda işlab çiqarilgan smartfonlardan qay biri eng yaxşisi ekanligini ta'kidlaş uçun erta. Biroq, Google boşqa yirik işlab çiqaruvçilar uçun raqobat hosil qila oldi. Bu yilning asosiy flagman telefonlarini uşbu jadval orqali taqqoslab olişingiz mumkin.