Saudiya Arabistonida ötgan nikoh töyi videosi Twitter, Instagram va YouTube’ning Yaqin Şarqdagi foydalanuvçilari orasida ommaviylaşmoqda. Video internet resurslarda şu haftada joylaştirilgan.
Misrning El Bashayer naşrining ma'lum qilişiça, video mualliflari unga berilgan izohda töyga kelgan mehmonlarning har biriga yangi iPhone 8 smartfonlari sovğa qilinganini ma'lum qilişgan. Aynan şu holat köplab foydalanuvçilarni öziga jalb qilgan.
Videoda töyda xizmat qilgan ofitsiantlar patnislarda "ayfonlar" qutilariga öxşaş köplab qutilarni töyxonaga olib kirişayotganini köriş mumkin.
Ta'kidlanişiça, niqoh töyi Saudiya Arabistonining Jidda şahrida bölib ötgan. Köplab foydalanuvçilar töy egalarini bunday isrofgarçilik uçun tanqid qilişgan.
Biroq töyda bölgan mehmonlardan birining Al Bawaba internet-naşriga ma'lum qilişiça, aslida qutilarda smartfonlar emas, şirinliklar töplami bölgan. Manbaning ta'kidlaşiça, bunday şirinliklarning mehmonlarga tortiq qilinişi an'anaviy hol bölib, mehmondöstlik ifodasi hisoblanadi.











