BMT boş kotibi örinbosari Amina Muhammadning xabar berişiça, qaşşoq davlatlarga texnologik yordam körsatadigan mexanizm taşkil etildi. «Bugun sizlar bilan 2030 yilgaça barqaror rivojlaniş sohasidagi kun tartibining birinçi maqsadi – 17.8 bandi bajarilganini ta'kidlab ötmoqçiman», - deya ma'lum qildi u kam rivojlangan davlatlar muammolari bilan şuğullanuvçi guruh uçraşuvida. 

Yuqoridagi bandda «kam rivojlangan davlatlar uçun Texnologiyalar banki keng kölamli faoliyat körsatiş rejimiga» çiqişi haqida söz yuritiladi. U qaşşoq davlatlarga texnologiyalar, innovatsiyalar va ilmiy-tadqiqot bazasidan foydalanişni osonlaştirişga yönaltirilgan.

«Endilikda, bizning umumiy vazifamiz şundan iboratki, uni kam rivojlangan davlatlar ilmiy, texnologik va innovatsion salohiyatini mustahkamlaş uçun samarali mexanizmga aylantiriş lozim. Men BMTga a'zo davlatlar va boşqa manfaatdor tomonlarni, jumladan, xususiy biznes va fondlarni bankni faol ravişda moliyalaştirişga çaqiraman», - deya ta'kidlab ötdi BMT boş kotibi örinbosari.

Şuningdek, uning sözlariga köra, «Kam rivojlangan mamlakatlar uçun texnologiyalar banki» Turkiyada joylaşadi.