Google korporatsiyasi körinişiça Pavel Durovning kelajakda mustaqil davlat yaratiş maslahatiga quloq soladigan körinadi. Kompaniya işni aholi punktini qurişdan boşlaydi. Bu loyiha uçun yangi Sidewalk Labs kompaniyasi yaratilgan.
Google’ning tajribaviy şahri qurilişida turli sohalardagi eng oxirgi texnologiyalar qöllanadi. Aholi punkti nafaqat maksimal ekologik toza, balki odamlar yaşaşi uçun juda qulay böladi. Qurilişni köplab texnik yeçimlar sinovdan ötkaziladigan kiçik tumanni yaratişdan boşlamoqçi. Agar loyiha özining samaradorligini körsatsa, uşbu tuman atrofida yana bir neçta tuman bunyod etiladi.
Uşbu loyihadan maqsad innovatsion şahar muhiti aholi turmuş darajasini ança oşira olişi va yirik şaharlarning ekologiyaga ta'sirini kamaytirişini isbotlaşga urinişdir. Yuqori texnologiyalar nafaqat şahar transporti va infratuzilmasini, balki şaharni boşqariş va uning ijtimoiy xizmatlari sohasini ham qamrab oladi.
Hozirça Google şaharning quriliş joyini oşkor qilmagan. Kompaniya rahbariyati yaqin orada köproq ma'lumot berişga va'da bergan.












