Uber Londonda yölovçilarni taşiş uçun litsenziyasidan mahrum böldi, deb yozmoqda The New York Times gazetasi.
Xabar qilinişiça, Britaniya poytaxti transport tizimi rahbariyati kompaniyadan litsenziyani, u taksomotor xizmatlariga qöyiladigan talablarga javob bermasligi tufayli olib qöygan. Xususan, kompaniya jinoiy hodisalar haqida ogohlantiriş böyiça özini körsatmayapti, tibbiy sertifikatlarni rasmiylaştiriş va haydovçilar tomonidan sudlanmaganlik haqida ma'lumotnomani olişda şaffoflikni ta'minlayotgani yöq, şuningdek, şaxsiy ma'lumotlarni yiğuvçi Greyball tizimidan foydalanmoqda.
«Uber’ning yondaşuvi va harakati jamoat xavfsizligi uçun ehtimoliy oqibatlarga ega bölgan qator masalalar böyiça korporativ mas'uliyat yöqligini körsatmoqda», - deyiladi London transport agentligining bayonotida.
Gazetaning yozişiça, kompaniyaning amaldagi litsenziyasi muddati 30 sentabr kuni yakuniga yetadi, biroq taşuvçida qaror böyiça apellyatsiya sudiga şikoyat kiritiş uçun 21 kun bor.
Avgust oyi oxirida Uber yölovçilarni kuzatiş funksiyasini öçirib yuborişi xabar berilgandi.












