Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov mamlakat böylab barça tijorat banklari 1 oktabrdan boşlab mijozlarga naqd pul körinişidagi xorijiy valyuta mablağlarini sotişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

5 sentabr kuni Markaziy Bank milliy sömning xorijiy valyutalarga nisbatan yangilangan qiymatini e'lon qilgan edi. Jurnalistning kelgusida ham valyuta qiymatini belgilaşda milliy valyutaning devalvatsiya qiliniş ehtimoli haqidagi savoliga Boş vazir «buni bozor körsatadi», deya javob berdi.

Ayni paytda banklardagi Konversion bölim tomonidan aholiga valyuta sotiş amaliyoti naqdsiz körinişda amalga oşirilmoqda.