Joriy haftada Baidu, Deutsche Post va IKEA kabi kompaniyalar EV100 taşabbusiga a'zo böldilar. Bu taşabbusga köra, unda iştirok etuvçi kompaniya eng qisqa muddatlarda özining butun avtoparkini elektr energiyaga ötkazadi va bunga mos infratuzilma yaratadi hamda öz mijozlari va xodimlarini bunday qilişga undaydi. Bu haqda Gas2 xabar berdi.  

Hozir EV100’da 10 ta ta'sisçi kompaniya bor: Baidu, DHL, Xitrou aeroporti, HP, IKEA, LeasePlan, METRO, PG & E, Unilever va Vattenfall. Ular bunday taşabbuslar bilan şuğullanuvçi Climate Group kompaniyasi kömagida faoliyat yuritişmoqda. EV100 eng qisqa muddatlarda elektromobillarga ötişni öz oldiga maqsad qilgan kompaniyalarni birlaştirişga intiladi.

Içki yonuv dvigateliga ega avtomobillardan voz keçiş 2030 yilgaça yakunlanişi kerak. Bu vaqtgaça asosiy logistik operatsiyalar elektromobillarda bajariladi, kompaniyalar esa elektrokarlarni oddiy avtohavaskorlar orasida ham ommabop qilişda kömak beruvçi quvvatlaş stansiyalari tarmoğini yaratadilar.

"Biz elektr transportini oddiy hodisaga aylantirmoqçimiz. Hozir ikkita asosiy muammoni hal qiliş kerak. Elektrmobillarga ötiş sekin keçayotgani sababli, transport hamon atrof-muhitga karbonat angidrid çiqaruvçi eng tez kattayuvçi manbaga bölib qolmoqda. Boşqa tomondan, tizimning global özgarişi, hattoki davlat aralaşuvida, biz hozirda körayotganimizdan köproq iste'molçilik talabini talab qiladi", deb aytdi Climate Group boş direktori Xelen Klarkson. Bu muammoni taşabbus guruhi hal qilişi kerak. 

Köplab davlatlar va kompaniyalar elektr transportga ötiş jarayonini tezlaştiriş uçun sa'y-harakatlar amalga oşirmoqdalar. Yaqinda Renault-Nissan alyansi rahbari Karlos Gon 2040 yilgaça sayyoramizda benzin va dizelda işlovçi birorta transport qolmasligini aytgan.