Change.org saytida Londonda Uber servisini taqiqlaşga qarşi petitsiyaga bir kunning özida 500 mingdan ortiq inson imzo çekdi.
Keça Britaniya poytaxti transport tizimi rahbariyati kompaniyadan litsenziyani olib qöygandi. Aytilişiça, Uber taksomotor xizmatlarga qöyiladigan talablarga javob bermaydi.
Xabar berilişiça, kompaniyaning amaldagi litsenziyasi muddati 30 sentabr kuni öz nihoyasiga yetadi.
Bu qaror haqida ma'lum qilinganidan söng, Change.org saytida London hokimi Sodiq Xon nomiga maxsus petitsiyaga imzo yiğiş boşlandi.
Mualliflarning ta'kidlaşiça, Uber taqiqlanadigan bölsa, ön minglab haydovçilar işdan ayriladi va şaharning millionlab fuqarolari “hamyonbop transport tizimisiz” qoladi.












