Bugun Özbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boşqarmasida Samarqand viloyat adliya boşqarmasi, Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boşqarmasi va palataning hududiy boşqarmasi hamkorligida «Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati» mavzusida davra suhbati bölib ötdi.
Advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boşqarmasi boşliği Otabek Axtamov tadbirni kiriş sözi bilan oçar ekan, jumladan, şunday dedi:
— Respublikamizdagi huquqiy islohotlarning asosiy maqsadi — sudning alohida mustaqil hokimiyat tarmoği sifatidagi mavqeini qayta tiklaş va mustahkamlaş ğoyasi bölib kelmoqda. Sud hokimiyatining yangi tarmoqlari yaratildi. Uning vakolatlari kengaytirilib borilmoqda. Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilişni kafolatlaşning huquqiy me'yorlari şakllantirilmoqda.

Bu borada biz, advokatlarning asosiy vazifamiz — ana şu me'yorlarning sudlov amaliyotiga izçil kirib borişini ta'minlaş, ularning odamlar ongida çuqur örnaşib qolişiga erişişdan iborat. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiliş masalalarida sud organlari qat'iy pozitsiyada turmoği lozim. Insonlar «sud böldi» deyilsa kimdir jazolanganini tuşunişi kerak emas, aksinça sud orqali himoya qilinadi, degan tuşunçani insonlarning ongiga singdirişimiz lozim, — dedi palataning hududiy boşqarmasi boşliği O.Axtamov.
«Korrupsiyaga qarşi kuraşişda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş» mavzusida çiqiş qilgan advokat Şuhrat Muzaffarovning sözlari köpçilikda qiziqiş uyğotdi.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boşqarmasi katta inspektori Döstbek Sulaymonov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 maydagi PQ-3016-son «Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byuro faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi Qarori mazmun-mohiyati haqida sözlab berdi.


Tadbir nihoyasida hududiy boşqarma boşliği Otabek Athamov taşkilotda bajarilayotgan işlar haqida qisqaça axborot berar ekan, KUN.UZ muxbiriga şunday dedi:












