Samarqandda viloyat xalq ta'limi boşqarmasi tasarrufidagi axborot-resurs markazida «Soğlom va ma'naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!» şiori ostida «Bolalar kitobi» festivali bölib ötdi, deb xabar beradi viloyat hokimligi rasmiy sayti.

Viloyat hokimligi, viloyat matbuot va axborot hamda madaniyat boşqarmalari hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda ijodkorlar, tuman va şaharlarda faoliyat yuritayotgan axborot-resurs markazlari mutasaddilari hamda öquvçi-yoşlar iştirok etdi.
Festivalning oçiliş marosimida viloyat axborot-resurs markazi direktori Yu.Muhammadiyev, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi rahbari T.Tugalov, şoira O‘.Karimova yoşlarni milliy ğurur va iftixor ruhida tarbiyalaşda kitobning ahamiyati, bugun mutolaa madaniyatini yuksaltiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritdi.
— Mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan önlab naşriyotlar tomonidan har yili 4 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 50 million nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari çop etilmoqda, — deydi Yu.Muhammadiyev. — Uşbu naşriyotlarning ellikdan ortiği bolalarga bağişlangan kitob mahsulotlarini naşr etiş bilan şuğullanmoqda. Jumladan, «Yangi asr avlodi» naşriyot-manbaa markazi tomonidan keyingi uç yilda yuzdan ziyod özbek va jahon adabiyoti vakillari asarlari naşrdan çiqdi. Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa markazi «Maktab adabiyoti xrestomatiyasi» ruknida 44 nomdagi asar, «Özbek xalq ijodi yodgorliklari» nomli 100 tomdan iborat doston, xalq qöşiqlari, ertaklar, topişmoqlar, bolalar öyinlarini özida mujassam etgan kitoblar majmuasini çop etdi.
Festival doirasida bolalar adabiyotiga ixtisoslaşgan naşriyotlar tomonidan keyingi yillarda naşr etilgan bolalar adabiyoti, öquv-ma'rifiy kitoblar, ensiklopedik luğatlar namoyiş etildi. Şoir va yozuvçilar, taniqli yoş ijodkorlar iştirokida muşoiralar, noşir va matbaaçilar bilan muloqotlar uyuştirildi.











